Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Klopp: "Bizda Salah o‘rniga 20 ta nomzod bor edi"

19 noy 2017, 22:49
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp hech qachon Misr terma jamoasi yetakchisi Muhammad Salahning imkoniyatlariga shubha qilmasligini aytib o‘tdi.

Ma’lumki, Muhammad joriy mavsum "qizillar" tarkibida o‘n yetti marta maydonga tushib, o‘n ikki gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uning bu natijasi yozgi transfer oynasida klubini almashtirganlar orasida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi bo‘lishini ta’minlab bermoqda.

Klopp "Vest Hem"ga (4:1) qarshi o‘yindan so‘ng, Salah transferi juda to‘g‘ri qaror bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi.

"Uning bizga yordami tegishiga ishongan edik. Maykl Edvards, Deyv Fallous, Barri Hanter uchalasi meni qo‘llab-quvvatladi va shunday deyishdi: "Ha, biz uni olishimiz kerak, yakuniy qaror - Muhammad Salah".

Bizda yana yigirmata boshqa nomzodlar bor edi, shuning uchun bir to‘xtamga kelish qiyin bo‘ldi. Ammo biz barchamiz oqibatda Salah xizmatlaridan foydalanishni to‘g‘ri deb bildik. U ajoyib inson, yaxshi futbolchi va yoqimtoy yigit.

Men 17 o‘yinda 12 gol kiritishini kutmagan edim. Umid qilamanki, u to‘xtab qolmaydi. Biz mavsum oxirida bu raqamlar haqida suhbatlashsak yomon bo'lmasdi va ular hozirgidan ancha yuqori bo'lardi",
- deydi Klopp.
Teglar : Yurgen Klopp | Muhammad Salah | Intervyular
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 637 Marta
Fikrlar (Umumiy: 7 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 53
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 52

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog