Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Salah - Madridning "Atletiko"si nishonida

19 noy 2017, 13:37
Misr termasi va Liverpul futbolchisi Muhammad Salah ushbu mavsum Premyer liganing 11- turidan keyin raqiblar darvozasiga 7 gol urishga ulgurdi.

Bu esa uning transferiga nisbatan ko'pchilik mutahassislar va murabbiylarning shubxali qarashlarini yo'qqa chiqardi va "Enfild"dagi kar'erasining yorqin boshlanishiga asos bo'ldi.

Transfer bahosi 36mln.funtga tushgan futbolchi xozirdanoq o'tgan mavsumdagi klubning eng sermahsul futbolchilari Mane va Koutinyilar (13tadan gol) natijasini takrorlash arafasida.

"Qizillar" safida 2014-yildan beri bir mavsum davomida 14tadan oshiq gol uradigan futbolchi topilmayapdi. Aynan shu yili Suares(31) va Starrij(21) to'purarlik mahoratlarini namoyish etishgandi.

"El gol digital"ning habar berishicha "matraschilar" murabbiyi Diego Simeone Diego Kosta va Vitolo kabi futbolchilarni qo'lga kiritishiga qaramasdan hujumdagi rang-baranglikni oshirish maqsadida "qizillar" a'zosi Salah xizmatlariga qiziqmoqda.

Madridlklar Salah uchun 50mln.funt-sterling to'lashga tayyor ekanligini bildirishgan.
Teglar : Salah | Atletiko Madrid |
Manba : myliverpool.ru
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 834 Marta
Fikrlar (Umumiy: 13 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 49
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 48

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog