Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Klopp «Liverpul»ning Boxing Day taqvimidan darg'azab bo'ldi

19 noy 2017, 23:15
«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasining Boxing Day - yangi yil bayrami kunlaridagi taqvimidan norozi bo'ldi.

Malumki, bir oy ichida «Liverpul» 9ta o'yinda maydonga tushishi kerak.

«Biz 30 dekabr kuni maydonga tushamiz, keyin esa 1 yanvar kuni. Axir, bu o'yinlarni 2 yoki 3 yanvarga ko'chirish mumkinku?
Bilaman, yangi yil bayramidagi o'yinlar - anana. Ammo, «Byornli»ga qarshi o'yinni TV namoyish qilmaydi. Uni hech kim ko'rmaydi. Nega endi uni 1 yanvar kuni o'tkazish kerak? Bu aqlsizlik», – dedi Klopp Liverpool Echo nashriga bergan intervyusida.

«Liverpul» 23 dekabrda «Arsenal», 26 dekabrda «Suonsi», 30 dekabrda «Lester» va 1 yanvarda «Byornli»ga qarshi o'ynaydi
Teglar :
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 807 Marta
Fikrlar (Umumiy: 9 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 48
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 47

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog