Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Van Deyk "Sautgempton"da baxtli

19 noy 2017, 06:54
Sautgempton himoyachisi Virjil van Deyk yanvarda klubni tark etishiga ishonmayotgani va "Sent- Merris"da baxtli ekanini ta'kidladi.

O'tgan yoz golland "Liverpul"ga o'tishni juda hohlagan, xattoki, klubga o'zini transferga qo'yishlarini aytgan vaqt asosiy jamoa bilan mashg'ulotlardan alohidalangandi.

Yanvarda hozirgi vaqtga kelib himoya borasida jiddiy muammolarga yo'liqayotgan "qizillar"ning yana Van Deyk variantiga qaytishlari kutilmoqda. Futbolchi esa bu safar o'zini boshqacha tutishi haqida sha'ma qilib o'tdi:

"Birinchidan bo'lib o'tgan voqealarni sharxlash noto'g'ri deb hisoblayman. Hozirda klub uchun 100 foiz o'zimni bag'ishlaganman. Men har kuni tinmay mashq qilib, jamoadagi sheriklarimga yordam berish va har bir o'yinda g'alaba qozonish kayfiyatidaman.

Men baxtliman, bu esa eng muhimi. Oldinda nimalar bo'lishini esa kuzataylikchi, ko'ramiz." deb aytib o'tgan futbolchi "Daily Star"ga bergan intervyusida.
Teglar : Virjil van Deyk | |
Manba : fapl.ru
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 487 Marta
Fikrlar (Umumiy: 4 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 49
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 48

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog