Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Gegenpressing va yugurish. Statistika

19 noy 2017, 08:31
"Liverpool Echo" mersisaydliklarning hozirgi kunda APLdagi eng "yuguruvchi" jamoasi emasligi haqidagi ma'lumotlar bilan o'rtoqlashdi.

Har qanday professional futbolchidan Yurgen Kloppning o'yin uslubi haqida so'rab ko'ring-chi, u sizga quyidagilarni aytadi- "Mersisaydliklar"ko'p yuguradi. Ko'plab hujumkor futbolchilardan foydalanadi, bir qancha tezkor qarshi xujumlar va ishonchsiz himoyaga ega.

Yurgen Klopp 2015-yil oktabr oyida "Enfild"ga kelgan payt "qizillar" charchamas Roberto Firminyo va Adam Lallana dueti yordamida tinmay raqib futbolchilarini pressing qila boshladi. Shu vaqtda Gegenpressing jarangdor so'zga aylana boshladi.

Bu holat hozirga kelib o'zgardi, buni statistik ma'lumotlar yaqqol isbotlaydi.
Premyer liganing bu mavsumdagi ortda qolgan 11 turidan keyin "qizillar" umumiy hisobda 1.217km masofa bosib o'tganlar. Bu esa atiga 11-ko'rsatgich hisoblanadi. Reytingning 1-o'rnini Bornmut egallagan(1,256). Keyingi o'rinlarda Vest Bromvich (1,247) va Tottenxem (1,246).
Manchester Yunayted 1,162km ko'rsatgichga ega.

Liverpulning har bir o'yindagi to'pni nazorat qilishi o'rtacha 57.1% ni tashkil etadi.

Qisqa masofaga yugurish statistikasi shuni ko'rsatadiki, "qizillar" bu borada ham ancha quyi pog'onalardan o'rin olgan. Mersisaydliklardagi umumiy sprintlar miqdori - 5.674ta. Bu esa Premyer Ligadagi 7-ko'rsatgich hisoblanadi. Manchester Siti bu borada lider- 6,198ta sprint. Bu reytingda Uotford (5,950)va Xaddersfild (5,860) ham Liverpulni ortda qoldirgan. 4,942 sprint bilan Premyer liganing eng yomon ko'rsatgichi esa Vest Hem ga tegishli bo'lib turibdi.
Teglar : Liverpul | gegenpressing | statistika
Manba : liverpool echo
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 445 Marta
Fikrlar (Umumiy: 4 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 51
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 50

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog