Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

O'tmish egalari : Sami Xuypia

20 noy 2017, 18:50
“Liverpul” buyuk jamoa! Bunga hech kimda shubha yo’q. Ammo bu buyukliklarni o’z egalari mavjud. Turli davrlarda buyuk yo’lni birga bosib o’tgan o’tmish egalarini yodga olamiz.

*


Sami Tomson Xuypia

Tug’ilgan sanasi: 1973-yil 7-oktyabr (44 yosh)
Tug’ilgan joyi: Porvoo (Findlandiya)

FAOLIYATIGA NAZAR

Sami Xuypia bolalik chog’idan futbol nomli sehrli olamga kirib kelgan. U 6 yoshidan boshlab o’z shahridagi “PaPe” jamoasiga qatnay boshlaydi. Yosh Sami 7 yoshidan esa “PaPe”ning yoshlar jamoasida ko’rinish beradi.  Sami bu jamoa bilan 9 yil birga bo’ladi. U 1989-yilda “PaPe”ning asosiy jamoasida bir muddat top tepadi. Lekin u keying yildan boshqa jamoaga o’tishga majbur bo’ladi. “Kumu”  jamoasi esa 16 yoshli yosh futbolchini o’z klubiga olib keladi. Sami Xuypia dastlab “Kumu”ning yoshlar jamoasida, keyin esa asosiy jamoada ham o’ynashga muvaffaq bo’ladi. Ammo bu jamoada ham yosh futbolchi bir yildan ortiq qolmaydi. Keying manzil – “MyuPa-47” jamoasi bo’lib chiqdi. Sami Xuypia “MyuPa-47” jamoasi bilan 1992-1995 yillar davomida birga bo’ladi.  Findlandiyalik futbolchi 1995-yildan esa “Villem” jamoasiga yuboriladi. U 4 mavsum davomida “Villem” safida o’ynaydi. Shundan so’ng, Sami Xuypia Tumanli Albion tomon yo’l oladi. 26 yoshli futbolchini Angliyaning “Liverpul” jamoasi o’z tarkibiga qo’shib oladi. Findlandiyalik himoyachi uchun “qizillar” 4,50 million yevro sarflashadi. Bu transferdan so’ng, aksariyat mutaxassilar “Liverpul” xato transfer amalga oshirganini yashirib o’tirishmagan edi. Sami Xuypiani ingliz jamoasida o’ynab ketishiga shubha ostidan qarashgan. Ammo unday bo’lib chiqmadi. Sami Xuypia “qizillar” safida faoliyatidagi eng yorqin o’yinlarni namoyish etadi. “Liverpul”ning qiyin davrlarida ham ishonchli o’yin ko’rsatib muxlislar mehrini qozonadi. “Liverpul” himoyasidagi qo’rg’onlarning biri bo’lib qolgan – Sami Xuypia 10 yil mobaynida mersisayd shahri jamoasida o’ynadi. Sami Huypiani 2009-yilda “Liverpul” bilan shartnomasi o’z nihoyasiga  yetdi. Ko’pchilik shundan sho’ng, 36 yoshni qarshi olgan Sami Huypiani endi futbol o’ynamaydi, butsasini qoziqqa iladigan vaqt keldi degan fikrlar yangray boshlagan bir paytda: Sami germaniyaning “Bayer-04” jamoasi bilan shartnoma imzolab ko’pchilikni hayratga soldi. Biroq Sami Xuypia germaniyada ko’p qolmaydi, ikki yil ham o’tmay faoliyatini yakunlaydi.

Sami futboldan uzoqlashib ketishni istamaydi. 2011-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan bo’lsada, u o’sha yilni o’zida murabbiylik faoliyatini boshlab yuboradi. Murabbiylikdagi ilk ishini o’z vatanidan topdi. U Findlandiya terma jamoasi murabbiylar shtabida yoramchi sifatida ishlaydi.  Shuni qayd etish joiz, Sami Huypia futbolchi sifatida qanchalik omadli bo’lsa-da, murabbiylikda u shunchali omadsiz. Sami qancha jamoani boshqarmasin yaxshi natijaga olib bormagan va u jamoalarda ko’p qolmagan.

*


Findlandiya (Asisent) – 2011-2012
“Bayer-04” – 2012-2014
“Brayton Houv Albion” – 2014-2015
“Syurix” – 2015-2016

KOLLEKSIYA

Sami Huypiada havas qilarli darajada kolleksiya to’plagan desak adashmaymiz. To’g’ri, uning kolleksiyasidan “Oltin top” yoki terma jamoa darajasidagi sovrinlar yo’q bo’lishi mumkin. Ammo uni himoyachi va Findlandiyalik bo’lganini inobatga oladigan bo’lsak, unda yaxshi kolleksiya paydo bo’lgan. Demak, uning kolleksiyasida 12 ta sovrin mavjud. Ular quydagicha:

“MyuPa-47” 

Findlandiya kubogi (1992, 1995)

“Liverpul”

Angliya liga kubogi (2001, 2003)
Angliya kubogi ( 2001, 2006)
Angliya superkubogi (2001, 2006)
UEFA kubogi (2001)
UEFA superkubogi (2001, 2006)
Chempionlar Ligasi (2005)

Sami Huypiani kolleksiyasida individual titular ham yo’q emas. U 1999, 2000, 2001, 2002, 2003, 2005, 2006, 2008, 2009  va 2010-yilarda Findlandiyada yil futbolchisi bo’lgan.

RAQAMLARDA

Sami Xuypianing futbolchilik va murabbiylik faoliyati raqamlarda qanday aks etgan? Bu savolga quyidagi raqamlar orqali javob topishingiz mumkin.   

“Liverpul”

O’yin:449 
Gol:35  
Assisent:4 
Sariq:42 
Qizil: 1

“Villem”

O’yin:105 
Gol:3 
Assisent:6 
Sariq:7

“Bayer-04”

O’yin:60
Gol:3
Assisent:3
Sariq:3

Bilasizmi?

- 1992-1995 yillarda Sami Xuypia “MyuPa-47” jamoasi futbolchisi bo’lgan. Eng qizig’i, “MyuPa-47” jamoasi 1992 va 1995 yillarda Findlandiya kubogini qo’lga kiritadi. Yana shunisi qiziq-ki, ushbu jamoada Sami Xuypia atiga 2 ta o’yinda ishtirok etgan xolos.  

- Sami Xuypia “Liverpul”da eng ko’p o’yin o’tkazgan futbolchilar reytingida 10-pog’onada.

*

Teglar : O'tmish egalari | Sami Xuypia |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Yuksal_shod
Ko`rildi: 287 Marta
Fikrlar (Umumiy: 4 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 13
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 13

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog