Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" Susoni ortga qaytarmoqchi

25 noy 2017, 23:16
"Milan" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Suso faoliyatini yana "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda CalcioMercato nashri xabar tarqatdi.

23 yoshli futbolchi 2013-yilda "Liverpul"ni tark etgandi. Bungacha u "qizillar" tarkibida 14 marta maydonga tushgandi. Keyinchalik, Suso "Almeriya", "Milan" va "Jenoa" safida to‘p tepib, bugungi kunda "rossonerlar"ning ishongan futbolchisiga aylanib ulgurdi. Uning "Milan"dagi ajoyib o‘yinlari evaziga Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv yuzaga keldi.

Yozda Suso "Milan" bilan shartnomani uzaytirgan va unda futbolchining narxi 35 million funt sterling qilib belgilangan edi.

Manba tarqatgan xabarda aytilishicha, "Liverpul" skautlari "Milan"ning "Sassuolo"ga qarshi bahsini kuzatishgan va unda Suso gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Xesus Saes yoki qisqacha aytganda - Suso joriy mavsumda "Milan" bilan 11 o‘yin o‘tkazib 5 gol kiritdi hamda 4 marta sheriklari tomon samarali uzatmalarni amalga oshirdi.
Teglar : Suso | Milan | Transferlar
Manba : CalcioMercato
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 728 Marta
Fikrlar (Umumiy: 9 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 36
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 31

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog