Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Ikkinchi imkoniyatga ishonaman...

25 noy 2017, 00:28
Yurgen Klopp - ikkinchi imkoniyat, ajoyib futbol va u bilan birga ishlagan eng yaxshi fudbolchi kimligi haqida so'zlab berdi:

"Men haqiqatdan ham ikkinchi imkoniyatga ishonaman. Bunday imkoniyatlar menda ko'p bo'lgan, shuning uchun ham futbolchilarga bunday imkoniyatlarni taqdim etaman. Hammasi ishtiyoq va orzudan boshlanadi. Sen kuchlimisan yoki yo'q, muhim emas. Muhimi kuchlilarni ustidan g'alaba qozona bilish."

- Murabbiy sifatidagi o'yin uslubiz haqida nima deya olasiz?

"Meni o'yin uslubim? O'ylaymanki, hech kim mening o'yin uslubimni ko'rib zerikib uxlab qolmasa kerak.
Menga ajoyib va dramatik fudbol yoqadi. Oddiy va zerikarli g'alabalarni yoqtirmayman. G'alabalarga borimni berib erishishni yoqtiraman. Agar sizning sevimli jamoanggiz oddiy va zerikarli yo'l bilan g'alaba qozonsa demak ularga faqat hisob kerak. Men bu o'yinni ko'rmagan bo'lar edim! Bu o'yinni xaqiqiy futbol deb o'ylamayman. Xaqiqiy futbol hisobdan qat'iy nazar dramatik va extiroslarga boy bo'lishi kerak. To'g'ri, men eng aqilli murabbiy emasman ammo, mening fudbolim dramatik, extirosli va hujumkor deb bilaman. Bunday futbol hammaga yoqadi."

- Siz bilan birga ishlagan eng yaxshi fudbolchi kim?

" Men bilan birga ishlagan eng yaxshi futbolchi bu Mario Götze. U tengsiz iqtidor egasi edi. Shuningdek, Robert Levandovski ham eng yaxshi fudbolchilarimdan biri edi.

- "Borussiya" ni sog'inasizmi?

" Xa "Borussiya" ni hali ham sog'inaman! Men uchun fantastik damlar bo'lgan edi o'shanda. Ammo, men u yerdan ketdim va "Borussiya" ga qaytishni istamayman. Agar ular bilan o'ynashimizga to'g'ri kelib qolmasa. Men qanday ish qilishimdan qat'iy nazar o'z ishimdan zavqlanaman. Men futboldan zavqlanaman lekin futbol uchun yashamayman" - deydi Klopp "Soccer Ladumma" gazetasi jurnalistiga.
Teglar : Yurgen Klopp | |
Manba : Liverpul.Uz
Qo`shdi: XurshiD_JaaN
Ko`rildi: 684 Marta
Fikrlar (Umumiy: 7 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 41
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 36

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog