Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Riise: "Robertson yaxshi futbolchi, ammo hozir Moreno kuchliroq"

25 noy 2017, 22:07
Sobiq "Liverpul" himoyachisi Yon-Arne Riise ayni damda "qizillar"ning ikki chap qanot himoyachilari Endryu Robertson va Alberto Moreno borasida o‘z fikrini bildirdi.

Norvegiyalik mazkur sobiq futbolchi "Liverpul"dagi chap qanot himoyachilarining vazifasini qanday ekanligini yaxshi biladi, axir u yetti mavsum davomida shu nuqta orqali mersisaydlik muxlislar qalbidan joy egalladi.

Riise "Liverpul" bilan 7 sovringa ega chiqqan. Ular ichida eng esda qolarlisi YeChL sovrini deb bemalol aytish mumkin. Yon-Arne 348 o‘yinda mana shu klub uchun to‘p tepgan.

U so‘nggi paytlarda Alberto Moreno ko‘rsatayotgan o‘yindan hayratlanmayapti va undan mamnun. O‘tgan mavsumda Alberto atigi ikki o‘yinda asosiy tarkibda o‘yinni boshlagan, boisi Klopp uning xatolari evaziga Jeyms Milnerni afzalroq deb baholagandi.

Shundan keyin Morenoning klubdan ketishi, jumladan, "Napoli" tomonidan bildirilgan qiziqishdan so‘ng, klub muxlislari uni deyarli yo‘q futbolchi sifatida qabul qilishni boshlashga majbur etdi. Endryu Robertsonning "Hall Siti"dan kelib qo‘shilishi ham Morenoning o‘rni yanada pasayishidan dalolat edi. Biroq, nemis mutaxassisi hech kim kutamagan bir paytda asosiy o‘yinlarda yana ispaniyalikni maydonga tashladi va bu safar u hozircha yanglishmayapti.

Riise esa aynan Morenoning o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, yana o‘zining "Liverpul"dagi faoliyatini qayta tiklab olganidan xursand. U hattoki Albertoni Ispaniya terma jamoasiga chaqirilganidan keyin, birinchilardan bo‘lib tabriklashga ulgurdi.

"Tabiiyki, Moreno va klub uchun xursandman. So‘nggi yillarda ushbu nuqta bo‘yicha klubda muammolar yuzaga kelayotgandi, shuning uchun uning mukammallikka bo‘lgan intilishidan mamnunman. U hali ko‘p ishlashi lozim, ammo Moreno bu mavsum juda yaxshi ko‘rinyapti.

U o‘zgarishga erishdi, bu o‘z ustida ishlashning eng yaxshi - na’munasidir. Og‘ir paytlarda u maqsadidan chalg‘imadi, hech nimadan shikoyat qilmadi, o‘z ustida ishlab, maksimal darajaga erishdi. Boshqalarga mashaqqatli mehnat va o‘ziga bo‘lgan ishonch qay darajada ko‘mak berishini misol qilib ko‘rsatib berdi.

Haqiqatdan, uning amalga oshirgan ishiga ishonish mushkul. Men allaqachon bu pozitsiya uchun boshqa futbolchi xaridini kutgandim. Bu yerda Kloppning ham o‘rni katta, aynan u Morenoga ishonch bildirdi va u bilan gaplashib oldi.

Shu narsa Morenoni yanada kuchliroq qildi deb o‘ylayman, mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida uning yuqori darajaga erishish uchun anchayin mehnatsevarlik qilgani rost.

Hozirgi vaqtda, ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, Albertoning o‘yini Robertsonga maydonga tushish uchun imkoniyat taqdim etmaydi. Endi yaxshi futbolchi, haqiqatdan kuchli. Biroq aytdimku, Morenoning mavsum boshidagi va hozirgi o‘yinlari uning bugungi kunda asosiy tarkib uchun birinchi nomzod bo‘lishini ta’minlab beryapti. Bu mutlaqo to‘g‘ri qaror.

Robertson ham qiyinchiliklardan o‘tib, o‘ziga beriladigan imkoniyatdan foydalanishi lozim, albatta, u ajoyib futbolchi", -
deb so‘zlarini yakunlaydi Riise.
Teglar : Yon-Arne Riise | Intervyular | Alberto Moreno
Manba : Liverpool Echo
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 324 Marta
Fikrlar (Umumiy: 3 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 40
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 35

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog