Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Keyta: "Mane menga juda ko'p bora yordam bergan"

25 noy 2017, 22:16
Nabi Keyta o'zining katta fudbolga tashlagan ilk qadami va Sadio Manening bunda ko'rsatgan yordami haqida Goal.com saytiga intervyu berdi.

"Biz Sadio bilan 2014-yili "Red Bull Zalsburg" jamoasida to'p tepar edik. Men deyarli maydonga tushmas edim. Bu esa menga yoqmasdi va juda g'ashimga tegardi. Maydonga tushmaganligim sabab, tushkunlikka tushib qolganman. Ammo bir kuni Sadio shunday dedi:

- "Meni kichik ukajonim tushkunlikga tushma. Hali o'zingni ko'rsatish uchun imkonyating bo'ladi, ana o'sha payt undan unumli foydalanib qol", - deb dalda berdi.

U menga Ingliz tilini o'rgatar edi. Shahar va jamoa haqida ham o'zi bilgan narsalarni aytib berardi. Uning aytgan gaplari to'g'ri bo‘lgan, menda o'sha imkoniyat paydo bo'ldi, men undan unumli foydalana oldim va nimalarga qodirligimni ko'rsata bildim. Men futbolda o'z o'rnimga ega bo'ldim deb o'ylayman, bunda Sadioning o'rni juda katta. U menga huddi o'z akamdek bo'lib qolgan. Men undan o'rnak olishim kerak. Sadio hozirgi vaqtda "Liverpul"da, uning o'yinni kundan-kunga kuchayib bormoqda, uni ko'rib havasim kelyapti.

"Liverpul" buyuk jamoa. Mening "Liverpul"ga bo'lgan mehrim o'zgacha. Yoshlikdan bu jamoada fudbol o'ynashni orzu qilar edim. Do'stlarimning hammasi "Liverpul"ga muxlis edi, shu qatorda men ham. Ammo, haqiqatdan bu jamoada to'p suraman deb o'ylamaganman. Orzular amalga oshar ekan va men tez orada "Liverpul"da bo'laman", - deydi Nabi Keyta Goal nashriga.
Teglar : Nabi Keyta | Intervyular | Sadio Mane
Manba : Goal
Qo`shdi: XurshiD_JaaN
Ko`rildi: 527 Marta
Fikrlar (Umumiy: 7 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 41
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 36

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog