Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Sadio Mane: "Keyta men uchun oilamiz a'zosi kabi"

25 noy 2017, 06:21
Liverpul yarim himoyachisi Sadio Mane "Enfild"ga o'tishi kutilayotgan "RB Leypsig" a'zosi Nabi Keyta haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"U ajoyib futbolchi. Men uchun u xuddi oilamiz a'zosiday. Biz "Zalsburg"da o'ynagan vaqtlar bir-birimiz bilan yaqin aloqada edik va hozirgacha shunday. Menga uning o'yinlarini tomosha qilish yoqadi. Keyta tezroq safimizga kelib qo'shilishini va unga moslashuv jarayonida yordam berishni orziqib kutyapman.
U mendan "qizillar" haqida so'radi. Men unga Liverpulning mahoratli futbolchilar, ajoyib murabbiy va katta maqsadlarga ega klub ekanini aytdim.
Shaxar va muhlislar esa juda yoqimli. U o'zini bu yerda uydagidek his qilishi kerak." deya ta'kidladi Mane Goal nashriga bergan intervyusida.
Teglar : Sadio Mane | Nabi Keyta |
Manba : goal.com
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 529 Marta
Fikrlar (Umumiy: 4 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 42
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 37

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog