Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Levandovskiy Myunxenni tark etishi mumkin"

15 noy 2017, 06:59
"Liverpul" bu mavsum hujumlarni yakunlash bo'yicha hozircha yaxshi ta'ssurot qoldirmoqda. Lekin alohida vaziyatlarda o'yinni o'z qo'liga oladigan hujumchi yetishmayotgani ham rost.

Luis Suares klubdan ketganidan so'ng, bir mavsum davomida 20dan ortiq gol uradigan hujumchi topilgani yo'q. Bu esa "qizillar"ning Premyer Liga bosh sovrini uchun kurasha olmayotgani bosh sababchisi deb ko'rsatilmoqda.

OAV larining habar berishlaricha, Levandovskiyning "Bavariya"dagi kelajagi so'roq ostida. Don Balon nashri ta'kidlashicha, hujumchi klubni tark etishi kutilmoqda. Nemis klubi direktori "Alyans Arena"da Mauro Ikardini unga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Polyak hujumchisi "Borussiya Dortmund" safida aynan hozirda "Liverpul" murabbiyi vazifasidagi Yurgen Klopp qo'l ostida butun dunyoga tanilgani ma'lum. 29-yoshli futbolchi dunyoning eng kuchli hujumchilaridan hisoblanib u "qizillar" o'yinini kuchaytirishiga shubxa yo'q.

O'tgan yil Dail Mail Robertning bolaligidan "Liverpul" muhlisi bo'lgani haqida habar tarqatgan va agar "Enfild" Chempionlar Ligasi bahslarini qabul qilsa u Klopp jamoasi bilan bog'lanishi mumkinligini yozgandi.

Agar haqiqatdan ham futbolchi Bundesliga chempionini tark etmoqchi bo'lsa, Yurgen Klopp tezroq uni qo'lga kiritishga harakat qilishi zarur.

Levandovskiyning Klopp va Liverpulni yoqtirishi hisobga olinsa, bu ishni uddalasa bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, bu mavsum hujumchi barcha turnirlar doirasida 17 uchrashuvda 16 gol urishni uddalagan.
Teglar : Robert Levandovskiy | Yurgen Klopp |
Manba : myliverpool.ru
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 884 Marta
Fikrlar (Umumiy: 6 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 16
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 14

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog