Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" sobiq ximoyachisi - futbol agenti

20 noy 2017, 06:37
"Liverpul" sobiq ximoyachisi Yon Arne Riise futbol agenti faoliyatida ish boshlaganini e'lon qildi.

"G'urur bilan aytishim mumkinki, futbol agenti bo'lib ish boshladim. Umid qilaman, futbolchilarga imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va ular faoliyatlarida o'sishga erishishlari uchun yordam bera olaman." deya ta'kidlaydi Riise o'z Twitter sahifasida.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli norveg 2016-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. O'z faoliyatining eng yorqin damlarini 2001-2008 yillar aynan, "Liverpul"da o'tkazgan Riise "Monako", "Roma", "Fulhem" kabi jamoalarda ham to'p surishga ulgurgan. Futbolchi 200o-2013yillar davomida "Norvegiya" MTJ safida 110ta uchrashuvda maydonga tushib, hozircha bu borada rekordsmen bo'lib turibdi.

Riisega kelgusi faoliyatida ulkan omadlar tilab qolamiz.
Teglar : Riise | twitter |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 185 Marta
Fikrlar (Umumiy: 0 ta)
!

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 40
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 39

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog