Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Firmino 45 ming funtdan voz kechib, Manening gol urishiga imkon berdi

14 dek 2018, 17:36
"Stok Siti"ga (3:0) qarshi o‘yinda "Liverpul" futbolchisi Roberto Firmino jamoadoshi Sadio Manening gol urishi uchun, 45 ming funt sterlingni ishlab olishdan voz kechdi.

Brazilyalik futbolchi shu o‘yinda darvozaga kirib ketayotgan to‘pga teginib, gol kiritganida 45 ming funt miqdorida bonusga ega bo‘lgan bo‘lardi.

Ya’ni Robertoning shartnomasida har bir mavsumda urilgan dastlabki 5 gol uchun 25 ming funtdan, 6-goldan 10-golgacha 45 ming funtdan va 11-goldan buyog‘iga esa 65 ming funt sterlingdan rag‘batlantirish pullari beriladi degan punkt keltirilgan.

Firmino joriy mavsumda barcha musobaqalarda jami 9 ta gol kiritdi. Agar u "Stok"ka qarshi bellashuvda gol kiritganida bu uning uchun o‘ninchi golga aylanardi va so‘nggi bor 45 ming funt rag‘batlantirish olardi. Bundan keyingi urilgan har bir gol Roberto hisobiga 65 ming funt olib kelardi. Biroq payqaganingizdek Firmino jamoadoshining mehnatini pullardan ustunroq deb bildi.

*
Teglar : Roberto Firmino | Sadio Mane | Stok Siti
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1030 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 71
» Foydalanuvchilar: 9
» Mexmonlar: 62

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog