Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Karrager: "Rotatsiyalar - "Liverpul" foydasiga ishlaydi"

15 dek 2017, 18:47
Jeymi Karrager Yurgen Kloppning jamoani rojdestvo davridagi kurashga tayyorlayotganiga ishonmoqda. O'tgan mavsum yanvar oyi "qizillar" murabbiyi uchun ko'plab muammolar keltirib chiqardi. Bir necha jarohatlar, Sadio Manening Afrika millatlar kubogiga ketishi jamoa natijalarini salbiy tomonga og'ishiga olib keldi.

O'z navbatida so'nggi bir necha xafta davomida nemis mutaxassisi jamoada bir necha rotatsiyalardan foydalandi. O'tgan tur Braytonga qarshi baxsda Emre Jan va Jorjinyo Veynaldumlar maydonda markaziy himoyachilar vazifasini bajarib berishdi. Bu xolat sobiq himoyachi Jeymi Karragerni hursand qilayotganini yashirmadi.

"Liverpul" Muhammad Salah kabi ajoyib hujumchiga ega bo'ldi. Roberto Firminyo esa hozirda ko'proq gollar urmoqda"
"Spartakka qarshi chempionlar ligasi va derbigagi Everton ga qarshi baxslar "qizillar" uchun o'ta muhim hisoblanadi. Bu - jamoa uchun yana bir og'ir xafta bo'ladi."
"O'tgan mavsum yanvar oyi Liverpul uchun daxshatli bo'lgandi, jarohatlar, Manening ketishi, jismoniy holatning yo'qolishi. Lekin bu yil Klopp rotatsiyalarga qo'l urmoqda, u har bir baxsning boshlang'ich tarkibida besh-olti nafar o'zgartirishlarni amalga oshirmoqda, o'yinchilarni o'z vaqtida almashtirmoqda. Hozir unda top klublarda bo'lgani kabi zahira o'rindig'i bor. Bu narsa o'tgan mavsum yo'q edi." -deydi Karra Sky Sports ga bergan intervyusida.
Teglar : Jeymi Karrager | Yurgen Klopp | Intervyular
Manba : liverpool-fan.ru
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 369 Marta
Fikrlar (Umumiy: 4 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 17
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 15

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog