Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari aniqlandi

15 dek 2017, 22:07
CIES Football Observatory futbolchilarning transfer narxlari bilan bog'liq navbatdagi tadqiqotni o'tkazdi.

Bu safar mutaxassislar 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar bo'yicha hisobot tayyorladi. Unga ko'ra, Kilian Mbappe 182,8 million evroga teng transfer narxi bilan dunyoning eng qimmat yosh futbolchisi ekani malum bo'ldi. Uning narxi so'nggi 4 oy ichida 37% o'sgan.

Top-10 dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari

1) Kilian Mbappe - 182,8 mln evro.
2) Dele Alli – 180 mln.
3) Leroy Sane – 124 mln.
4) Usmon Dembele – 120 mln.
5) Markus Reshford – 116 mln.
6) Gabriel Jezus – 108 mln.
7) Timo Verner – 92,5 mln.
8) Antoni Marsial – 85,6 mln.
9) Kristian Pulishich – 75,2 mln.
10) Davinson Sanches – 66,3 mln.

Narxi eng ko'p o'sgan futbolchilar bo'yicha «Liverpul» himoyachisi Jo Gomes etakchilik qilyapti. Sentabr oyida uning narxi 9 million evro edi. Hozir esa 34 millionga etgan.

Narxi pasayib ketgan futbolchilar ichida «Bavariya» yarimhimoyachisi Renatu Sanshesh peshqadamlik qilmoqda. «Suonsi»da ijarada o'ynayotgan portugaliyalik 20%ga arzonlagan va hozirgi kunda 37 million evro turadi.
Teglar : Mulohaza | |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 858 Marta
Fikrlar (Umumiy: 14 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 16
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 14

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog