Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" qishda amalga oshirishi shart bo'lgan 4 transfer

15 dek 2017, 22:26
*


"Liverpul" - ideal darajadagi jamoa emas". Bu fikr yaqin o'tmishning juda ko'p bora "ishkal"larida qatnashgan o'rtamiyona darajadagi futbolchi bo'lgan Joui Barton tomonidan juda ko'p bora ta'kidlanib kelinadi. "Qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozgi transferlar vaqtida Muhammad Salahni o'z jamoasiga qo'shib olishga muvaffaq bo'lib, jamoasini sezilarli ravishda kuchaytirishga erishdi. Salah transferi "Liverpul" uchun juda omadli kelgani u namoyish etayotgan o'yin va kiritayotgan gollarda ham namoyon bo'lmoqda hamda misrlik forvard jamoasi g'alabalarida asosiy rolni o'ynamoqda. Biroq klub APL chempionligi uchun kurashda o'z imkoniyatlarini pasaytirib yubordi, Chempionlar Ligasida esa g'olib chiqadigan qudratga ega emas. Albatta, bu fikr tarkibga borib taqaladi. Mersisaydliklar rahbariyati esa qishki transferlar orqali oqsayotgan to'rt chiziqni kuchaytirish orqali, mavsum yakunida qandaydir sovringa umid bog'lashlari mumkin.

1. Per - Emerik Obameyang


*


Klopp jamoasidagi eng asosiy futbolchilardan biri, ancha vaqtdan buyon markaziy hujumchi sifatida maydonda o'ynayotgan Roberto Firmino texnik jihatdan ajoyib hujumchi ekanligini isbotlab kelmoqda. Braziliyalik futbolchi doimiy ravishda o'z jamoasi hujumlarida asosiy rolni bajarsada, undan butun mavsum foydalanishning iloji yo'q. Ya'ni Firminoda hujumchilarga xos barcha jihatlar yo'q.

"Borussiya Dortmund" hujumchisi Per - Emerik Obameyang ancha vaqtdan buyon o'z jamoasini tark etish niyatida. Bunga klubning grandlarga qarshi kuchi yetmayotganligi va gabonlik forvarsning jamoa bosh murabbiyi Peter Bosh bilan aloqalari buzilgani bilan izohlanmoqda. Obameyang va "Liverpul" esa bir-biriga munosib nomzod. Biri o'z faoliyatini yanada jiddiy klub va yanada jiddiy chempionatda davom ettirsa, ikkinchi esa o'zi uchun munosib sof hujumchiga ega bo'ladi. Qishki transferlar vaqtida klub rahbariyati gabonlik iqtidor egasi uchun istalgan summani to'lashi shart.

2. Virjil van Deyk

*


Joel Matipning jarohat olishi va uning katta ehtimol bilan yil so'nggigacha maydonga tushishini inobatga olsak, Virjil van Deyk Mersisaydning birinchi raqamli jamoasi uchun qutqaruvchi rolini bajarishi kerak bo'ladi. Darhaqiqat, "Liverpul", ayniqsa grandlarga qarshi bellashuvlarda himoyasining zaifligi tufayli ochkolardan mahrum bo'lmoqda. "Sautgempton" yetakchisi esa o'zida aniq paslar, bosh bilan o'ynashda ustunlik, tezlik va ayniqsa, pozitsiya tanlashda juda katta ustunliklarga ega.

Ragnar Klavan va Deyan Lovren Klopp jamoasida birgina Virjil van Deyk namoyish etayotgan o'yinga ham munosib emaslar. Joel Matip bilan van Deyk himoyada ancha kuchli raqobatni yuzaga keltiradi va bu bilan "qizillar" himoyasi anchayin kuchli ko'rinish kasb etadi. Virjilning o'zi "Liverpul"ga o'tishga tayyor ekanligini inobatga olsak, mersisayd jamoasi rahbariyati otni tezroq qamchilashlari shart bo'ladi.

3. Darvozabon

*


Loris Karius va Simon Minyole. Bu ikki darvozabon ba'zida juda chiroyli seyvlar amalga oshirishi, ba'zida esa kutilmagan qo'pol xatolarga yo'l qo'yishi ham mumkin. Klub himoyachilari uchun ham o'ziga ishongan posbonning bo'lishi juda ham muhim. Sababi, aynan golli vaziyatlarda posbonning ishonchli o'yini, himoyachilarni yana ham sergak torttirishi aniq.

Ochig'ini aytganda, Karius ham, Minyole ham bu rolni ado etolmaydi. "Liverpul" uchun esa qishda saviyali posbonning topilishi juda qiyin masala. Ehtimol klub, Iker Kasilyas va Xeranimo Rulli transferi uchun urinib ko'rar.

4. Markaziy yarim himoyachi

*


Ayni damda "Liverpul"da eng stabil o'yin namoyish etayotgan futbolchilardan biri Emre Jandir. Biroq, germaniyalik iqtidor agar klub bilan shartnomasini uzaytirmasa, klub uni tekinga qo'yib yuborishga majbur. Bu esa Klopp uchun ulkan yo'qotish bo'ladi. Uning o'rnini esa na Jorjinyo Veynaldum, na Jordan Henderson va na Jeyms Milner bilan to'ldirish mumkin.

Bunday vaziyatda "Shalke"dan ketishga tayyor Leon Goretska uchun harakatni tezlashtirish judayam zarurdir. Uni qo'lga kiritishga eng asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turgan "qizillar" Leonni o'z saflariga qo'shish orqali yanada kuchayishi, qaysidir musobaqada chempionlikni nishonlash orzudan reallikka aylanishi barcha uchun ulkan g'alabaga aylansa, ne ajab.
Teglar : Mulohaza | Virjil van Deyk | Leon Goretska
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 1222 Marta
Fikrlar (Umumiy: 11 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 10
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 9

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog