Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Sadio Mane: "Liverpul" - ulkan bir oila"

15 dek 2017, 13:41
"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane "Spartak" bilan uchrashuvdan oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Sog'ligim borasida hech qanday muammo yo'q va "Spartak" bilan bo'ladigan o'yinga 100 % tayyorman. Biz juda kuchli jamoamiz va buni isbotlab kelmoqdamiz. Rotatsiya ham klub foydasi uchun ishlamoqda.

Albatta, har bitta futbolchi o'z jamoasi tarkibida har o'yinda maydonga tushishni istaydi. Biz "Liverpul"miz. Bu klub o'zida juda kuchli futbolchi va murabbiylarni jamlagan. Murabbiyning har bir qarorini hurmat qilaman.

Bunday saviyali futbolchilar bilan birga o'ynash men uchun sharaf. Klubdagi har bir futbolchi o'z holatidan juda ham mamnun.

Jamoada jahonning eng kuchli futbolchilaridan ikki nafari o'ynaydi - Muhammad Salah va Filippe Koutinyo. Har ikkalasidan nimanidir o'rganishga intilaman. Biz juda ham ahil oilamiz. Ushbu safda muxlislarimiz alohida o'rin tutadi", - deydi Mane klub rasmiy saytiga.
Teglar : Sadio Mane | Intervyular |
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 424 Marta
Fikrlar (Umumiy: 9 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 7
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 7

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog