Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Muhammad Salah noyabr oyida APLning ikki so‘rovnomasida qatnashmoqda

15 dek 2017, 17:56
"Liverpul" hujumkor yarim himoyachisi Muhammad Salah Angliya Premier-ligasi rasmiy sayti taqdirlab boradigan oyning ikki yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlar qatoridan o‘rin egalladi.

U noyabr oyida eng yaxshi futbolchi bo‘lishi mumkin. Buning uchun misrlik futbolchiga Robbi Bredi (Byornli), Kevin De Bruyne (Manchester Siti), Eden Azar (Chelsi), Shkodran Mustafi (Arsenal), Rahim Sterling (Manchester Siti) va Eshli Yang (Manchester Yunayted) halaqit berishi mumkin.

Siz Salahga ovoz berishni istasangiz quyidagi havolaga o‘tishingiz mumkin:

https://www.premierleague.com/ ... 30939

*


Shuningdek, "Liverpul" va APLning ayni damdagi to‘purari noyabr oyining eng chiroyli goliga ham da’vogarlardan biri sifatida qayd etildi. Uning "Sautgempton"ga qarshi (3:0) uchrashuvdagi goli bu mukofotga ham sazovor qilishi mumkin.

Bu so‘rovnoma bo‘yicha Salah bilan birgalikda Rajiv van La Parra, Kevin De Bruyne, Gylfi Sigurdsson, Eshli Yang, Jessi Lingard, Jeymi Vardi va Ueyn Runi qatnashmoqda.

APLning oydagi eng chiroyli goliga ovoz berish uchun havola:

https://www.premierleague.com/ ... 30920

*


Eslatib o‘tamiz, avvalroq PFA talqiniga ko‘ra aynan Muhammad Salah noyabr oyida eng yaxshi futbolchi deb e’tirof etilgandi.
Teglar : Muhammad Salah | |
Manba : Premier-liga rasmiy sayti
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 406 Marta
Fikrlar (Umumiy: 3 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 8
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 8

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog