Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Yurgen Klopp: "Biz 95 daqiqa kurashishga tayyor bo'lishimiz kerak"

15 dek 2017, 18:07
Yurgen Klopp bugun tunda bo'lib o'tadigan "Spartak"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Ularning oldingi chizig'ida uch nafar kuchli futbolchilar bor: Promes, Ze Luish va Glushakov.
Glushakov yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega tajribali hujumchi. Promes Sadio Manega o'xshaydi, u tug'ma hujumchi. Ular "Spartak" hujumiga rang-baranglik olib keladi, o'z vaqtida biz ham shunday imkoniyatga egamiz.

"Biz o'zimizga ishonishimiz va tribunadagi qo'llab-quvvatlashlardan foydalanishimiz kerak. Dastlabki uchrachuvda biz kuchliroq edik, lekin hozirda "Spartak" tarkibiga 3 nafar asosiy futbolchi qaytgan. Raqibimiz yaxshi tayyorgarlikka ega ajoyib jamoa. Balkim kimdir bizni hozirdanoq pley-offda deb hisoblayotgandir, lekin "Spartak"ning "Sevilya" ustidan qozongan ajoyib g'alabasini unutmaslik kerak."

"Bosim mavjud. Biz katta o'yin arafasidamiz. Men raqibning kuchli ekanligini inkor etolmayman. Ularning o'z maqsadlari bor. Ular albatta hujumga o'tishadi, agar himoyada ishonchliroq o'ynamasak, muammolarga yo'liqishimiz mumkin. Biz 95 daqiqa o'ynashga tayyor bo'lishimiz zarur" deydi Klopp "Guardian" nashriga bergan intervyusida.
Teglar : Yurgen Klopp | Spartak Moskva | Intervyular
Manba : Liverpool-fan.ru
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 253 Marta
Fikrlar (Umumiy: 1 ta)

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 16
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 15

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog