Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Qizillar shaharchasi"

21 noy 2018, 18:30
"Qizillar shaharchasi"ning bugungi soniga "Liverpul"ning sobiq futbolchisi, hozirda Italiyaning "Napoli" jamoasida o'z faoliyatini davom ettirayotgan Xose Reyna mehmon bo'ladi. Demak, Xose Reynani yana bir bor yodga olamiz.

Xose Reyna


*



To'liq ismi: Xose Manuel Reyna Paes

Tug'ilgan sanasi va joyi: 1982-yil 31-avgust (Madrid)

Ampulasi: Darvozabon

Hozirdagi jamoasi: "Napoli"

Futbolga ilk qadam va faoliyati haqida


Futbolga cheksiz muhabbati bo'lgan Xose Manuel 6 yoshida bu sehrli olamga kirib keladi. Bo'lajak futbolchi "Madrid Oesta" futbol maktabida futbol sir asrorlarini o'rgana boshlagan.

Yosh Xose 1988-yilda Kataloniyaning "Barselona" jamoasida yoshlar jamoasiga qabul qilinadi va Xose Reyna "Barselona"na yoshlarida 1999-yilga qadar birga bo'ladi. Aynan shu yilda Xose Manuel "Barselona"ning asosiy tarkibiga qo'shiladi va ilk professional faoliyatini boshlaydi. Xose Reyna uch yil mobaynida ya'ni 2002-yilga qadar "Barselona" sharafini himoya qiladi. Pepe Reyna bu yillar davomida "Barselona" tarkibida 45 bor maydonga tushadi.

*



Ispaniyaning boshqa bir klubi "Vilyarreal" 2002-yilda Xose Reynani o'z safiga qo'shib oladi. Reyna "Vilyarreal" bilan ham uch mavsum birga bo'ldi.

Pepe Reyna 2005-yilda tumanli albionga yo'l oldi. Angliyaning "Liverpul" jamoasi £8,33 million evaziga ispaniyalik posponni o'z safiga qo'shib oladi. Pepe Reyna "qizillar" safida faoliyatidagi eng yorqin davrni o'tkazdi, desak noto'g'ri bo'lmaydi. "Liverpul" safida Reyna 395 o'yinda maydonga tushadi.

*



"Liverpul" Reynani 2013-2014 yilgi mavsumda "Napoli"ga ijaraga beradi. Xose Reyna bir yil mobaynida italiyaliklar bilan birga bo'ladi.

*



Pepe Reyna zaxirida qolib ketgani sababli o'ziga yangi jamoa izlay boshlaydi. "Napoli" esa Reyna qiziqa boshlaydi. Yakunda Pepe Reyna 2015-yilda "Napoli"ga borib qo'shiladi. "Bavariya" Xose Reynani £1,70 millionga baholaydi. Hozirda ham Pepe Reyna "Napoli" safida o'z faoliyatini davom ettirmoqda

Yutuqlari


Xose Reynaning faoliyati davomida bir qancha yutuqlarga erishgan. Ular: Jahon Chempionati - 2010 soxibi, Yevropa chempionatida ikki bor, 2008 va 2012-yillarda terma jamoasi bilan ega chiqqan. "Liverpul" bilan Angliya kubogi va Angliga liga kubogini ham yutishga muaffaq bo'lgan. Germaniyadagi qisqa faoliyatida ham Pepe Reyna "Bavariya" bilan Germaniya chempioni degan nomga erishgan.
Teglar :
Manba : Liverpul
Qo`shdi: makhmudov
Ko`rildi: 748 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 34
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 28

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog