Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Veynaldum yangi jamoadoshi haqida: "U haqiqiy yetakchi"

17 dek 2018, 15:07
Bilamizki, Jorjinyo Veynaldum va Virjil van Deyk Gollandiya terma jamoasi a'zolari hisoblanadi, endi ular bir klubda ham to'p surishadi. Van Deyk "Liverpul"ga o'tgani bilanoq, Veynaldum yurtdoshi haqida gapirdi.

"Telefonda u bilan gaplashganimda juda hursand edim. Unga jamoamizga kelayotgani va bizga qo'shilishidan quvonganimni aytdim. Endi, kiyinish xonasida men tomon gollandcha qo'llab-quvvatlash bo'ladi (kulib).

Van Deyk maydon tashqarisida oddiy va xotirjam inson. O'ylaymanki, u jamoadagi hammaga yoqadi. Terma jamoadagi tajribamdan aytishim mumkinki, u maydonda haqiqiy yetakchi. U himoya chizig'idagi hammaga yordam beradi, shunday ekan, u "Liverpul" uchun foydali bo'ladi", - deydi Veynaldum.
Teglar : Jorjinyo Veynaldum | Virjil van Deyk |
Manba : Sky Sports
Qo`shdi: Bobby_Firmino
Ko`rildi: 779 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 47
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 47

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog