Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Koutinyo o‘rniga munosib nomzod taklif qilindi

19 yan 2018, 10:45
Sezib turganingizdek ""Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutinyo yaqin kunlar ichida "Barselona" safini to‘ldirishi mumkin.

Angliya terma jamoasining sobiq ustozi Stiv Maklaren Kataloniyaga ketadigan yigit o‘rniga, yozda "Arsenal" bilan shartnomasi nihoyalanadigan Aleksis Sanchesni xarid qilish kerakligini "Liverpul"ga taklif qildi.

"Koutinyo ketadigan bo‘lsa, men uning o‘rniga "Enfild"da Sanchesni ko‘rishni istardim. Balki u haqiqatdan Filippening o‘rnini bosar.

160 million funt sterling juda ko‘p, bu pulga bir qancha futbolchilar xaridini amalga oshirishi mumkin. Lekin "Liverpul" Koutinyodek futbolchini yo‘qotishni istamayapti.

Biroq sizda Salah, Mane, Firmino va Lallanadek futbolchilar bor bo‘lsa, Koutinyoni bu qadar ushlab qolishga intilish ham to‘g‘ri emas. Men uchun uning o‘rniga "Arsenal"da o‘zini yaxshi his etmayotgan Aleksis varianti ma’qul bo‘lardi", -
deydi Maklaren.
Teglar : Filippe Koutinyo | Aleksis Sanches | Transferlar
Manba : Liverpool Echo
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 3311 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 133
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 125

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog