Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Muhammad Salah - yil yakunlariga ko‘ra Afrikaning eng yaxshi futbolchisi + FOTO

20 yan 2018, 07:24
Bugun Ganada Afrika Futbol Konfederatsiyasi 2017-yil yakunlariga ko‘ra eng yaxshilarni taqdirladi.

Unga ko‘ra, "Liverpul"ning misrlik futbolchisi Muhammad Salah o‘tgan yilda "Qora qit’a"dagi eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Yakuniy uchlikka Salah bilan birgalikda yana bir "Liverpul" futbolchisi Sadio Maneni ham kirganligini aytib o‘tish joiz. Senegallik futbolchi ikkinchi o‘rinni egalladi. "Borussiya Dortmund" hujumchisi Per-Emerik Obameyang esa Afrikadagi uchinchi eng yaxshi futbolchi sifatida qayd etildi.

Salahning 2017-yildagi umumiy statistikasi quyidagi suratda ko‘rsatilgan:

*

Shuningdek, Misr esa Afrikaning eng yaxshi terma jamoasi, uning murabbiyi Ektor Kuper eng yaxshi murabbiy nominatsiyalari g'olibi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Misr termasi Kuper boshchiligida bu yil Rossiya maydonlarida bo'lishi kutilayotgan mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.

*

*
Teglar : Muhammad Salah | Sadio Mane | Afrika
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 1496 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 16
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 15

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog