Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Klopp: "Bu hayot qonuni, futbol qonuni! Biz to‘xtab qolmaymiz"

17 yan 2018, 00:51
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp jamoani tark etgan Filippe Koutinyoning transferidan so‘ng muxlislarga murojaat qildi.

"Hech kimga sir emaski, Filippe bu transferni iyul boshlarida, "Barselona" birinchi bor taklif bilan chiqqanida amalga oshishini istagandi. U menga, klub rahbarlari va sheriklariga qat’iy qarorini aytgandi. Bu keskin chorasiz qaror edi. Mana shularga qaramay biz uni qishgacha ushlab qola oldik. Biz uni jamoada muhim futbolchi ekanligiga va uni qoldirishga umid qilib ko‘rgandik...

Klub uning qolishi uchun barcha narsani amalga oshirib ko‘rdi, biroq Filippening orzusi "Barselona"da o‘ynash ekan. Bizning ishonchimiz komil bo‘ldi, uning fikrini har qanday yo‘l bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Koutinyo jamoada bo‘lgan vaqt doim o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga va "Liverpul"ning g‘alabasiga hissa qo‘shishga borini berganini aytish lozim. Yozda biz uni qo‘yib yubormagan bo‘lsak-da, har kuni klub mashg‘ulot bazasiga kelib, shug‘ullanar edi. U haqiqiy professional.

Albatta, bundan muxlislarning hafsalasi pir bo‘lgani aniq, ammo bu odatdagidek tuyg‘ular, kun kelib kim bilandir baribir xayrlashish kerak. Bu qanchalik qiyin bo‘lmasin, hayot qonuni shu, futbol qonuni shunday! Har kim o‘z maqsadiga va orzusiga ega. Futbolchilar kelishadi va ketishadi, futbolda doim shunday bo‘lib kelgan. Lekin klub sifatida biz yetarlicha kuchli bo‘lishga intilamiz, hattoki mana bunday biz uchun muhim bo‘lgan futbolchilardan ajralib qolgan taqdirimizda ham. Bunday vaziyatlarni yengib o‘tish hamda oldinga borish uchun biz bor imkoniyatimizni va kuchimizni ishga solamiz

Men ishonaman bizda iqtidorlar ko‘p. Bundan tashqari rahbariyatga ishonaman, ular Koutinyo transferidan so‘ng, jamoani kuchayishi uchun harakat qilishadi.

Biz Filippe bilan xayrlashdik, biroq bu bilan to‘xtab qolmaymiz, ishlashda, yuksalishda davom etamiz, chunki "Enfild"ga sovrinlarni qaytarishimiz shart", -
deydi Klopp.
Teglar : Yurgen Klopp | Filippe Koutinyo | Intervyular
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 3454 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 28
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 28

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog