Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Filippe Koutinyo "Liverpul" haqida gapirib o'tdi

22 yan 2018, 06:19
"Barselona"ga o'tgan Filippe Koutinyo bugungi mini-intervyusida "Liverpul" haqida gap ochdi.

"Liverpul" uchun o'ynaganimda doim 100% kuchim bilan o'ynadim. Besh yil ichida qo'limdan kelganini qildim. Men "Liverpul"ni yaxshi ko'raman, lekin boshqa sarguzasht boshlashga vaqt keldi. "Liverpul"da juda ko'plab hotiralarim, qolaversa rahmat aytishim kerak bo'lgan insonlarim bor. Men jamoani boshqa bir klub uchun tark etmadim, lekin "Barselona" boshqacha. Bu tush, sehrli joylar. Yoshligimda Ronaldinyoni o'yinlarini ko'rardim, u jamoaga sehr berib turardi. Hozir bu ishni Messi bajarmoqda.

"Liverpul" ayni paytda juda yaxshi holatda, ajoyib futbolchiga ega. Klub van Deyk bilan shartnoma imzoladi, Salah esa juda kuchli futbolchi. "Liverpul"ning sovrinlar yutishi hamda yutuqlarini nishonlashini intiqlik bilan kutaman. Hali Liverpul shahriga qaytib, men va oilamga yordam bergan insonlar bilan xayrlashib kelaman. Men ulardan ancha qarzdorman", - deydi yarim himoyachi.
Teglar : Filippe Koutinyo | |
Manba : Express
Qo`shdi: Chamberlain_21
Ko`rildi: 2062 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 34
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 27

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog