Professional Futbol Assotsiatsiyasi dekabr oy yakunlariga ko‘ra APLda oy futbolchisini aniqladi.
Unga ko‘ra, "Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Salah eng yaxshi futbolchi deb topildi. So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, u 50% ovoz jamg‘ardi. E’tiborlisi, noyabr oyida ham aynan Salah nomi eng yaxshi deb tilga olingandi.
Misrlik futbolchi dekabr oyi APL o‘yinlarida jami 7 o‘yinda maydonga tushib, 5 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan va 3 marta sheriklarining gollariga hammualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, Salah dekabr oyida APL talqiniga ko‘ra ham eng yaxshi futbolchi bo‘lishi mumkin.
