Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Omad istaganlar...

14 yan 2018, 21:50
Shubhasiz bir necha kunda Koutinyоning niqobini buzish uchun turli xil gap-so'zlar paydo bo’ladi. U xursand bo’lib ketdi deb o’ylarsiz. Uning Liverpulning farishtasi emasligini ham aytish mumkin.
O’tgan yozda Fenway Sport group Barselonaga sotiladigan Koutinyoning umidlarini rad qilgan bo’lsa-da, negadir oxir-oqibat so’z Klopga qoldirildi. O’tgan kecha Liverpulning rasmiy saytida e’lon qilingan Klopning bayonoti shunday bo’ldi: “Filippe menga qattiq turib oldi, klub xo’jayinlari va hatto uning jamoadoshlari uni olib qolish uchun umidsiz edi, u meni noqulay ahvolda qoldirgan edi”.

O’tgan yilning avgust oyida Liverpul o’yinchilari mashg’ulot o’tqizayotganda, Koutinyo yechinish xonasiga kirib kelgan payt uning yuzidan jamoani tark etish niyatida ekanligiga shubxa yo’q edi. U Liverpul o’z pozitsiyasini kuchaytirishga e’tibor qaratayotganligi sababli bu qarori ishonchsiz va umidsiz bo’lib chiqadi deb o'ylar edi.
Klub Barselonaning takliflarini rad etdi. Agar futbolchi o’z yo’lini topa olsa, boshqalar ham bu istak orqali nimalar qilishni bilishadi. Keyinchalik u hech qachon omma oldiga chiqib o’zini qo’yib yuborish haqida aytmasligini aytadi. Vaziyatni yumshatish uchun Jeymi Karrager aytganidek ularni orzulari bilan yo’qotish kerak. Koutinyo Klopni noqulay vaziyatda qoldirgan bo’lsa ham, u qobilyatli va o’yinchilar orasida katta hurmatga ega edi.

Sentyabr oyida Independ nashri Koutinyo belida o’g’riqdan shikoyat borligini aytgan, aslida esa, unda hech qanday jarohat yo'qligi aniqlanganini yozgandi. Bir oz muddatdan so'ng u bor e’tiborini Liverpulga qaratishini aytib o’tadi. Lekin ba'zida uning o’yinlariga e’tibor berilganda, huddi harakatlarida cheklov bordek tuyular edi.

Klopp futboldagi oldi-sotdilarga qarshi emas edi. Masalan u Nuri Shahinning Realga ketishidan qo’rqmagan, yana Mario Gyotse va Levandovski “Bavariya” o’yiniga bezak berish uchun ketgan vaziyatni ham aytish mumkin. U, albatta har doim yechim topishga ishonadi—agar murabbiy sabrli bo’lsa va u xo’jayinlarning ishonchiga ega bo’lsa uning choralarini ko’rish mumkin.

Klopp kelajakda shunday eslashi mumkin: Shahinning Ilkay Gyundogan o'rniga sotib olinishi, Levandovskining shartnomani uzaytirmaganligi, Chiro Immobilening muvaffaqqiyatsiz transferi... Shulardan so'ng u Dortmundda qola olmas edi. Extimol, futbol taqqoslashni o’ziga ep bilmaydi. Bir joyda chizilgan hikoyalarni bir-biri bilan solishtirish mumkin , lekin futbol bilan emas.
Dortmundda klub juda qisqa vaqt davomida iqtisodiy jihatdan pasaygan edi. Klopp kelishi bilan klub 2011-yilga kelib chempionlikni olgan va unga bo’lgan ishonch oshgan edi. Liverpulda ikki yildan ortiq vaqt davomida amalga oshirilgan ishlarga qaramay u hali biror narsaga erishgani yo’q, Koutinuoning ketishi bilan esa bu mavsumda pasayish kuzatilishi mumkin.
Koutinyo nuqtai nazaridan to’rt yil katta medallarsiz yurish - uni boshqa joydan ish izlashi uchun adolatli sabab bo’lishi mumkin. Klopp Koutinoning o’rnini qanday to’ldiradi, Liverpul uning qo’l ostida muvaffaqiyat qozonadimi? Buni Enfildga kirib keladigan yangi era orqali bilamiz.

Yan Rash Liverpulning eng yaxshi to’purariga aylangan, ammo 1983-yilda Napolidan besh millionlik taklif bo’lganda u ketishni istab qoldi. Uning maoshini oshirishni aytganda Bob Peysli va Jon Smit buni rad etgan edi. Rash Smit bilan uch oy gaplashlashmaydi, ammo mavsum davomida 49 ta gol urishni uddaladi. Oradan vaqt o’tib u o'z omadini izlab Yuventusga yo’l oladi, biroq iwlari yuriwmay yana Liverpulga qaytib keladi.

Hulosa o'rnida
Liverpul Yevropadagi buyuk klub bo’lib qoladi, u tarixda sotish va sotib olishdan mahrum bo’lganda ham shunday bo’lib qolgan, lekin zamonaviy futbolda har bir kuchli klub yaxshi futbolchilarini ushlab qolishni bilishi zarur.

Inglizchadan Shahriddin Jalilov (DiamonD) tarjimasi
Teglar : Yurgen Klopp | Filippe Koutinyo |
Manba : http://independent.co.uk
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 1010 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 53
» Foydalanuvchilar: 8
» Mexmonlar: 45

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog