Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Joi Barton: "Liverpul" Koutinyosiz yaxshiroq o'ynaydi

26 yan 2018, 01:54
Joi Barton "qizillar" Filippe Koutinyosiz yanada kuchli jamoa bo'lishiga ishonadi.

Qachonki jamoa o'zining eng yaxshi futbolchisini yo'qotsa, avtomatik ravishda kuchsizlanadi. Lekin, Manchester Siti sobiq o'yinchisi Joi Barton braziliyalikning Barselonaga o'tishidan "Liverpul" faqatgina yutadi deb hisoblaydi.

TalkSPORTga bergan intervyusida ingliz futbolchisi 20 o'yinda 12 gol urgan Koutinyoning ketishi nima uchun Liverpul uchun yo'qotish bo'lmasligini tushuntirib o'tdi:

"Kloppda men ko'rgan o'yinlarda muammo bor edi. Bir vaqtning o'zida Salah, Mane, Firminyo va Koutinyoni birga o'ynatish oson emasdi.
Endi esa ular Filippesiz o'ynashadi. Salah va Mane qanotlarda, Firminyo markaziy hujumda va bir futbolchi "o'ntalik" rolida - bu Lallana yoki Veynaldum bo'ladi. O'ylaymanki, bu holat Kloppga yordam beradi."

"Bu g'alati eshitilishi mumkin, ya'ni Koutinyo stabil futbolchi bo'lmagan va mersisaydliklar usiz ham eng yaxshi jamoalardan bo'lib qoladi. U Azar darajasida deb o'ylamayman. Bu mavsum Salah o'z gollari va o'yini bilan shubxasiz Koutinyoga nisbatan jamoasi uchun foydaliroq ko'rinmoqa." deydi Barton.
Teglar : Joi Barton | Filippe Koutinyo | Liverpul
Manba : Liverpoolfc.ru
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 906 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 57
» Foydalanuvchilar: 9
» Mexmonlar: 48

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog