Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Filippe Koutinyo "Liverpul" a’zolariga so‘nggi so‘zini bayon qildi

17 yan 2018, 11:58
"Liverpul"ni "Barselona"ga almashtigan Filippe Koutinyo o‘zining Instagramdagi rasmiy sahifasida klub mutasaddilari, futbolchilari va muxlislariga so‘nggi xayrlashuv so‘zlarini aytib o‘tdi.

"Liverpul"ga kelganimdan beri oilam va men bu yerdagilardan har doim mehmondo'stlik ko'rdik va ko'plab do'stlar orttirdik.

Biz maydonda va uning tashqarisida, ushbu klubning, shuningdek, muxlislarning qanchalik samimiyligini bildik. Birinchi navbatda, umid qilamanki, "Liverpul" muxlislariga faqat baxt keltiradigan daqiqalar va esdaliklarni qoldirdim. "Liverpul"ga kelgunimcha, ushbu klubning qandayin buyukligini, tarixini bilardim, ammo bu yerda bo‘lgan chog‘imdan so‘ng, bu joyning qalbi va yuragi qanchalik noyob ekanligini bildim. Bu yerning o‘ziga xos xarakteri va shaxsiyati mavjud.

"Liverpul" ni tark etdim, chunki "Barselona" mening orzuim. "Liverpul" - bu tush, men bu tushni juda muvaffaqiyatli ekanligini anglab yetdim va hayotimning besh yilini unga berdim. Maydondagi faoliyatim davom etmoqda va endi "Barselona" uchun o‘ynayman, xuddi "Liverpul" uchun o‘ynaganim singari, bu men o'zimni his qilish va zavqlantirishni istagan narsa, buni bajarishdan baxtiyorman.

Umid qilamanki, muxlislar meni yangi hayot boshlashimni tushunishadi, bu qarorga klubning ahamiyati past yoki muxlislarning ahamiyati yo‘qligi uchun kelmadim. Hech narsa, hech qachon yuragimda klubga bo‘lgan muhabbatimni so‘ndira olmaydi.

Men Yurgenga va jamoaga ushbu mavsum va keyingi mavsumlarda omad hamda muvaffaqiyatlardan tashqari hech narsa tilamayman. Bu aqlbovar qilmas jamoa va ular eng yaxshi, eng to‘g‘ri yo‘lda ketmoqdalar.

Men juda ko‘plab insonlarga minnatdorchilik bildirishni istayman, ammo ularning bariga alohida qo‘ng‘iroq qila olmayman.

"Liverpul"da hayotimning bir qismiga aylangan ajoyib klub tarkibidagi barcha insonlarga rahmat - men sizlarni sog'inaman. Muvaffaqiyatga intiluvchi klub egalariga, klub tarkibidagi barcha xodimlarga, aynan ular mening bugungi kunga qadar yetib kelishimga, kamol topishimga juda katta hissa qo‘shishdi, va albatta, o‘tgan va hozirgi tarkibdagi sheriklarimga, umuman barcha barchaga chuqur tashakkurlar izhor etaman. Sizlarsiz bularning barchasiga erishishim mumkin emasdi.

Albatta, shubhasiz, klubning eng muhim insonlari - "Liverpul" ishqibozlariga. Meni bu yerdaligimda bergan ko‘makingiz, ishonchingiz oldida qancha rahmat aytsam ham kamlik qiladi. Men dunyoning qayeriga bormayin, qayerida bo‘lmayin, doimo "Liverpul"ni yuragimda saqlayman. Sizlar, klub va shahar doim mening bir qismim bo‘lib qolasizlar".

You’ll Never Walk Alone.

Filippe.

Teglar : Filippe Koutinyo | |
Manba : Instagram
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1959 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 47
» Foydalanuvchilar: 2
» Mexmonlar: 45

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog