Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Barselona" "Enfild"ning eng qimmat o"yinchisiga e'tibor bermadi"

23 yan 2018, 13:24
"Barselona" 142 mln funtga Koutinyoni sotib oldi, ammo u "Liverpul"ning eng qimmat o'yinchisi emas edi. Bu haqda futbolchilarning narxi bilan shug'ullanadigan CIES football observatory mutahassislari aytib o'tishdi.
Yevropa kuchli beshligida o'ynayotgan futbolchilar orasida Koutinyoning narxi 123 mln deb baholanadi va u 142 mln ga qaraganda sezilarli darajada pasaygan.

Salah "Roma"dan kelgandan so'ng uning narxi 140.5 mln yevroga teng deb baholandi. Tabiiyki u Koutinyoning narxidan qimmat.
"Liverpul"ning ikkinchi qimmatbaho o'yinchisi Firmino 102.9 mln yevro bilan reytingda 23-o'rinda.
Ajablanarli tarzda Jorjino Veynaldum 85.6 mln ga baholanib, 44-o'rinni egalladi. Yozda jamoaga kelgan Oksleyd Chemberleyn 68.2 mlnga baholanib, 62-o'rindan joy oldi. Sadio Mane esa 66.3 mln bilan 69-o'rinda ko'rsatilgan.
Nihoyat "Liverpul" ning yangi a'zosi Virjil van Deyk 50.8 mln bilan Lester a'zosi Garri Maguayr bilan 96-o'rinni band qildi, bu 75 mlndan ancha kam.
Premyer liga futbolchilar orasida eng qimmati Tottenhem xujumchisi Garri Keyn 194.7 mln (uchinchi o'rin) hisoblanadi.

Reytingning Ikkinchi örinda Messi 202.2 mln, birinchi o'rinda esa Neymar 213 mln deb qayd etilgan. Hozirgi oltin to'p egasi Krishtiano Ronaldo 80.4 mln bilan Erik Dayr, Nikolas Otamendi va Alvaro Moratta singari 49-o'rinni egalladi.

CIES football observatory futbolchilarning yoshi, ularning pozitsiyasi, shartnoma muddati, o'yinga qatnashishi va uning xalqaro statusini hisobga olib transfer narxini hisoblaydi.

DiamonD tarjimasi
Teglar : Muhammad Salah | Filippe Koutinyo | Reytinglar
Manba : Liverpool Echoo
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 1688 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 37
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 32

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog