Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" afsonaviy darvozaboni vafot etdi

16 yan 2018, 17:21
"Liverpul" afsonaviy posboni Tommi Lourens bugun bu yorug‘ olamni tark etganligi haqida xabar tarqaldi. Shotlandiyalik mazkur "qo‘lqop ustasi" 77 yoshida vafot etdi.

Lourens buyuk Bill Shenkli davridagi darvozabon hisoblanadi. U "qizillar"ning o‘sha paytdagi asosiy tarkib posboni Jim Fernelning jarohati bois maydonga tushiriladi va qisqa vaqt ichida asosiy o‘rinni egallab oladi. Buning uchun Tom sal kam 6 yil vaqtni klub zahirasida o‘tkazadi. Lourens "Liverpul"ga 1957-yili 14 yoshligida keladi. Oradan besh yarim yil o‘tib 1962-yili darvozabon yuqoridagi imkoniyatga ega bo‘ladi. Bungacha u ikkinchi qaramli golkiper hisoblanar edi.

Uni klub muxlislari tezda yoqtirib qoladi va "uchar cho‘chqa" laqabini beradi. Sababi u ortiqcha vaznga ega bo‘lsa-da, kuchli reaksiya evaziga chaqqon harakat qilar edi. Keyingi 6 mavsumda Lourens bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda qatnashmaydi va bu davr ichida jamoa bilan ikki marotaba Angliya chempionligi sovrinini qo‘lga kiritadi.

Lourens "mersisaydliklar" bilan jami 15 yilni birga o‘tkazgan va 390 o‘yinda maydonga tushgan. Klub 2 marta Yevropada tengsiz deb topilgan yillarda aynan u tarkibda bo‘lganligini aytib o‘tish mumkin.
Teglar : Tommi Lourens | |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 816 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 33
» Foydalanuvchilar: 6
» Mexmonlar: 27

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog