Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Gomes sherigini akula va Kroyffga taqqosladi

21 yan 2018, 18:07
"Liverpul" himoyachisi Jo Gomes klubdagi sherigi Adam Lallananing raqiblarga uyushtiradigan bosimini bamisoli akulaning o‘ljaga qiladigan hujumiga o‘xshatdi.

"U har doim, bosimni qachon amalga oshirish kerakligini biladi. U maydonda shunchaki yugurmaydi, vaqtini seza oladi", - deydi Gomez klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

"Lallana xuddi akulalar singari harakat qiladi, ular qachon qonni ko‘rishsa, shunda tashlanishadi. Adam ham qulay imkoniyatni poylaydi va qachon to‘p uchun kurashishga fursat yetib kelganini sezgan zahoti, hujum qiladi.

U to‘pga teginmay turib o‘z pressingi orqali sheriklarini qulay vaziyat bilan ta’minlashi mumkin. Murabbiyimiz bu narsani bizlarda ko‘rishni xohlaydi va buning uchun Lallana juda muhim. Bu borada u ustasi farang. U sizni tuzoqqa tushirsa, to‘pni undan uzoqlashtira yoki yo‘qota olmaysiz.

Bu ba’zan asabiylashishimga majbur qiladi, chunki mashg‘ulotlarda unga qarshi o‘ynash mushkul. Siz to‘p bilan muomalani biroz yo‘qotsangiz, u bunga izn bermaydi va darhol jazolaydi. Aslida bu eng foydali ishdir va u bizga buni yaratib beradi. Lallana Premier-ligada o‘z pozitsiyasidagi eng yaxshi futbolchilardan biri, u jamoaga ko‘p narsa taqdim etadi.

U Yohan Kroyffdek to‘pni egallab turish qobilyatiga ega. U o‘yin payti kutilmaganda istalgan tomonga burilishi mumkin, o‘ngga ham, chapga ham. Bu unda tabiiy ko‘rinadi. Barcha uning bosimi ta’sirini yaxshi biladi. Bizga shu narsa yetishmaydi.

Adam jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri. O‘tgan mavsum, ayniqsa, juda ajoyib o‘ynagandi. Birinchi davrada u jamoamiz bilan birga bo‘la olmagani omadsizlik bo‘ldi, ammo hozir hammasi joyida, u qaytdi va biz xursandmiz", -
deydi Gomes.
Teglar : Jo Gomes | Adam Lallana | Intervyular
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 891 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 38
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 35

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog