Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Rasman: Marko Gruich "Kardiff Siti" futbolchisi

24 yan 2018, 21:38
Biroz avval xabar berganimizdek "Kardiff Siti" klubi o‘z tarkibiga "Liverpul"dan Marko Gruichni qo‘shib oldi.

Serbiyalik 21 yoshli yarim himoyachi ijara asosida mavsum oxirigacha mazkur klub tarkibida Chempionshipda yordam beradi.

Marko Uels klubi bilan shartnoma imzolar ekan, shunday dedi:

"Ehtimol, bu mening faoliyatimning burilish nuqtasi bo‘lar. Keyingi 6 oy ichida katta klub tarkibida imkoniyatga ega bo‘lishimini tushunib turibman.

Janob Kloppga rahmat aytmoqchiman, u men uchun barchasini qildi. So‘nggi 18 oy davomida u meni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab keldi. Uning ishonchini oqlashga ishonchim komil. Umid qilamanki, "Kardiff"ning Premier-ligaga chiqishiga o‘z hissamni qo‘shaman".


Ma’lumot uchun, "Kardiff Siti" joriy mavsum Chempionship turnir jadvalida 50 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Teglar : Marko Gruich | Kardiff Siti | Transferlar
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 1518 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 33
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 28

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog