Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

So'nggi transfer yangiliklari bilan tanishing

24 yan 2018, 23:46
Qishki transferlarning yakuniy haftasi boshlandi va bizni ko'plab amalga oshishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar kutmoqda. Quyidagi yangilik orqali sizga so'nggi transfer xabarlarini yetkazamiz.

"Inter" Starrij masalasida "Liverpul"ga taklif yubordi
*
Daniel Starrijning "Liverpul" ketishi ayonlashmoqda va hozircha unga "Inter" klubidan rasmiy taklif bor.

BBC Sport nashrining yozishicha, "Liverpul" bu taklifni katta ehtimol bilan qabul qiladi. Shartnomaga ko'ra, "Inter" 6 oylik ijara uchun "mersisayd"liklar hisobiga 2 million funt o'tkazib beradi. Shuningdek, italyan jamoasi shartnoma bandlariga mavsum so'nggida Starrijni 25 million funtga sotib olish huquqini ham qo'shadi.

"Spartak" Markovich uchun kurashda yetakchi
*

"Liverpul" Lazar Markovichni qo'yib yuborishga tayyor, ammo hozirgacha unga rasmiy taklif bilan chiqadigan jamoa topilmayapti.

Serbga ayni vaqtda "Spartak" jiddiy qiziqmoqda va ular tez orada "qizillar" bilan transfer yuzasidan muzokaraga kirishmoqchi. Shuningdek, Angliyaning "Vest Bromvich" klubi ham yarim himoyachi uchun kurashga qo'shilgani haqida xabarlar mavjud.

Akademiyaning "trio"si uchun muhim hafta
*

"Liverpul U-23" jamoasining yetakchi a'zolari Llyod Jones, Harri Uilson, Ovi Ejariyalarning hammasi ijaraga berilishi mumkin.

23 yoshgacha akademiyamiz bosh murabbiyi Nil Kritchlining ta'kidlashicha, uning shogirdlari boshqa bir jamoaning asosiy tarkibida o'zlarini sinab ko'rishga ularga ajoyib tajriba bo'ladi.

Luanga qiziqish yo'q
*

Bir necha kun avval "Liverpul" braziliyalik yangi yulduzlardan biri "Gremio" yarim himoyachisi Luanga qiziqishni boshlagani haqida aytilgandi. Ammo Yahoo Sports eksperti Dunkan Kastles bu xabarni rad etdi, "qizillar"dan Luan tomon hech qanday qiziqish mavjud emas.

"Liverpul" Koutintoga o'rinbosar qidirmoqda, bu ro'yxatda Luan bo'lishi ham mumkin. Futbolchining shartnomasidagi narxi 18 million funt-sterling.

Lemar bilan kelishuv?
*

"Liverpul" "Monako" vingeri Toma Lemar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi. Bu haqida bir nechta Britan jurnallari xabar berdi.

Biroq, "Liverpul" "knyaz"liklar so'rayotgan 100 million funtdan arzonroqqa sotib olmoqchi.

"Real Madrid" futbolchisi Klopp bilan ishlar istagida
*
Daily Express nashrining xabariga ko'ra, "Liverpul" "Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroosga qiziqish bildirgan. Nemis futbolchisining o'zi ham yurtdoshi Yurgen Klopp bilan ishlashni xohlamoqda.

"Real Madrid" yozda jamoa "qon"ini yangilashni hisobga olsak, Kroos yozgi transfer oynasida "qirollik klubi"ni tark etishi mumkin.

Sobiq "Liverpul"chilar uchun yangi "sarguzasht"lar
*

Bugun "Liverpul"da 2 yillik professional faoliyatini o'tkazgan Albert Riera o'z iste'fosini e'lon qildi.

Yana bir sobiq futbolchimiz David Ngog esa Shotlandiyaning "Ross Kountri" jamoasi a'zosiga aylandi.

Vanihoyat, Xavier Maskerano kutilganidek "Barselona"dagi faoliyatiga nuqta qo'yib, Xitoy tomon yo'l oldi.
Teglar : Transferlar | |
Manba : This is Anfield
Qo`shdi: VirgilVanDijk
Ko`rildi: 1889 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 29
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 26

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog