Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Loris Karius: "Umid qilamanki, "Liverpul" yozda yangi darvozabon sotib olmaydi"

24 fev 2018, 20:45
"Liverpul" darvozaboni Loris Karius yozgi transferlar vaqtida jamoaga yangi darvozabon kerak emasligini ma'lum qildi. Aftidan darvozabon o'ziga ishonishini ma'lum qilgandek bo'lmoqda.

"Agar siz "Liverpul" ishqibozi bo'lsangiz, har kuni transferlar haqida turli xil mish-mishlarni o'qiysiz.

Jamoa tarkibida yaxshi saviyadagi posbonlar bor va ular o'rtasida raqobat juda kuchli. Mashg'ulotlarda o'z ustingizda to'liq kuch bilan ishlasangizgina, o'zingizga bo'lgan ishonch ortadi. Ammo o'yin vaqti turli xil voqealar sodir bo'lishi mumkin.

Men ham ushbu mavsumda o'zimni ko'rsatishni va "Liverpul" darvozasini qo'riqlashga munosib posbon ekanligimni isbotlashni istayman.

Bu mavsum barchamiz uchun sinov. Maqsadimiz chempionatda sovrinli o'rinlardan birini egallash va Chempionlar Ligasida uzoqroqqa borish", - deya o'z fikrini yakunladi Karius.
Teglar : Loris Karius | Intervyular |
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 721 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 30
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 26

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog