Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Jo Gomes "Sautgempton"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin

24 fev 2018, 22:55
Liverpool Echo nashri xabariga ko‘ra Jozef Gomes yakshanba kuni "Sautgempton"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Angliya terma jamoasi himoyachisi tizzasidagi jarohat sabab "Tottenhem" bilan o‘yinda maydonga tusha olmadi va hozirga qadar mashg‘ulotlarga qaytmadi.

"Qizillar" umid qilishmoqdaki, Gomesning muammosi katta emas, ammo baribir klub murabbiylari himoyachini "avliyolar"ga qarshi bahsda maydonga tushirib tavakkal qilmoqchi emaslar.

2015-yilning oktabrida Gomes aynan tizzasidagi jarohat sabab ikki yilga yaqin muddat futbolsiz qolishga majbur bo‘lgandi. Biroq hozirgi jarohat o‘sha muammo bilan bog‘liq emas, futbolchi bu safar chap tizzasidan lat yegan.

Agar Gomes maydonga tushmasa, uning o‘rnini katta ehtimol bilan xuddi "shporlar"ga qarshi bo‘lgan uchrashuv singari Trent Aleksander-Arnold egallaydi.
Teglar : Jo Gomes | Jarohatlar |
Manba : Liverpool Echo
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 503 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 32
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 28

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog