Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" Lemar transferidan voz kechdi

15 fev 2018, 10:08
«Monako» yarim himoyachisi Toma Lemar endi «Liverpul» nishonida emas.

Mersisayd klubi ushbu 22 yoshli fransuzni o'tgan yilning yozida Filippe Koutinoga o'rinbosar sifatida ko'rib, unga qiziqish bildirishni boshlagandi.

Ammo o'shanda «Monako» Lemar uchun 90 million funt so'ragani tufayli bu transfer amalga oshmay qolgandi.

«Liverpul» ushbu xavbekni qishki transferlar vaqtida sotib olishi kutilgandi, bunday taxminlarga Lemar monegaskliklar jamoasi bilan shartnomani uzaytirmagani sabab bo'lgandi.

Liverpool Echo xabariga ko'ra esa «Liverpul» endi bu futbolchi uchun haddan tashqari katta narx so'ralayotgani uchun, bu transferdan voz kechgan.
Teglar : Toma Lemar | Transferlar |
Manba : Tribuna.uz
Qo`shdi: KomiLov
Ko`rildi: 1122 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 78
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 77

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog