Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" yozda "Lester" yarim himoyachisi uchun kurashadi

19 fev 2018, 22:51
Ndidi "Lester" tarkibiga 2017-yil yanvar oyida "Genk" tarkibidan kelib qo'shilgan. Transfer bahosi 17mln£ ga tushgan futbolchi "Chelsi"ga o'tgan Ngolo Kantening o'rnini bosish uchun harid qilingandi.

Emre Janning yakunda erkin agent sifatida klubni tark etishi oydinlashib borayotgan bir paytda, maydon markazi mexnatkash kurashchiga ehtiyoj sezmoqda.

"Liverpul" sobiq futbolchisi Didi Hamman yaqinda aytib o'tganidek, mersisayd klubiga raqiblarga jismoniy jihatdan yetarlicha qarshilik qila oladigan haqiqiy tayanch yarim himoyachisi yetishmayapdi.

Rush The Kop sayti bu kelishuv amalga oshishi mumkin deb hisoblamoqda.

Ndidi yozda "Leypsig"dan jamoaga kelib qo'shiladigan Nabi Keyta bilan birga maydonda hamkor bo'lishi kutilmoqda. Bu esa, o'z vaqtida Maskerano va Jerarrdlar davridan so'ng yetishmayotgan va ko'rmayotganimiz - qat'iylik va jur'atni qaytarishi mumkin.

Biroq, "Lester" 1-mavsumning o'zidayoq o'zini ko'rsatishga ulgurgan 21 yoshli futbolchini osonlikcha qo'yib yuborishi oson bo'lmaydi.

"Tulkilar" safiga kelganidan so'ng 52 o'yinda harakat qilgan futbolchi 4 bora raqiblar darvozasini ishg'ol qilishga ulgurgan.
Teglar : Uilfred Ndidi | Lester | Liverpul
Manba : express.co.uk
Qo`shdi: Anfield_Road
Ko`rildi: 1065 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 25
» Foydalanuvchilar: 7
» Mexmonlar: 18

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog