Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Sobiq o'yinchilar Sobiq jamoasiga qarshi

25 fev 2018, 22:13
SAUTHEMPTON - LIVERPUL (11 fevral, 21:30)

Lambert, Lallana, Klayn, Louren, Mane, Virjiyl van Deyk... Har yili «Liverpul» «Sauthempton»ning eng yaxshi o'yinchilarini qo'lga kiritadi. Lekin baribir, bu jamoa liverpulliklar uchun eng noqulay raqiblardan biri bo'lib qolaveradi.

Esingizda bo'lsa, ikki yil oldin Liga Kubogida «Liverpul» safarda raqibi ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozongandi. Bu yirik g'alaba jamoaga qimmatga tushdi, shundan so'ng ketma-ket 6 o'yinda «Sauthempton» kuchli raqibiga umuman mag'lubiyatga uchramadi. O'tgan yilgi Liga kubogi yarim finalini ham eslaysiz: o'shanda «Sauthempton» har ikki o'yinda ham «Liverpul»ni engib, finalga chiqqandi. Nihoyat, ushbu mavsumda Klopp jamoasi ananaga barham berdi va 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

«Sauthempton» hozirda turnir jadvalining ikkinchi yarmida va ligada qolish uchun kurashayotgan bo'lsa-da, jamoa ko'rsatadigan o'yin sifati va uslubi etakchi jamoalar uchnun juda noqulay. Jamoa ko'p omadsiz o'yinlarini kuchsizroq raqiblarga qarshi o'yinlarda o'tkazgan. Bu stadionda na «Tottenhem», na «Arsenal» g'alaba qozona oldi. «MYu» hatto «Old Trafford»da birorta gol ura olmadi. «Manchester Siti» faqat so'nggi soniyalarda g'alaba golini urganini ham eslasangiz kerak. Xullas, «Sauthempton» to'pni juda xotirjam nazorat qila oladigan va aqlli futbol ko'rsatadigan jamoalardan biridir va «Liverpul»ga oson bo'lmaydi.
Teglar : Anons | |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: FoReVeR_LFC
Ko`rildi: 617 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 38
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 37

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog