Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" e’tiborini Beyliga qaratadi

24 fev 2018, 12:46
Kelayotgan yozgi transfer oynasida, "Liverpul" o‘z tarkibini kuchaytirishni, ayniqsa hujum chizig‘i bo‘yicha jamoaning o‘yinini kuchaytirmoqchi. Ular yozda klubni tark etgan Filippe Koutinyo o‘rniga boshqa futbolchi olib kelishlari aniq. Mirror nashrining xabar berishicha, "qizillar" jamoasi Toma Lemardan voz kechib, endilikda "Bayer" futbolchisi Leon Beyliga e’tibor qaratadi.

Ammo 20 yoshli yamaykalik ushbu futbolchini xarid qilish u qadar oson bo‘lmaydi. Boisi, unga "Chelsi", "Arsenal" "Tottenhem" va "Manchester Yunayted" jamoalari ham ko‘z olaytirib turishibdi.

Shuningdek, Beylining narxi Lemarga nisbatan arzonroq bo‘ladi degan fikr ham noto‘g‘ri, chunki Leverkusen klubi o‘zining yosh ise’dodli vingerini 100 million funt sterling atrofida baholayapti.

Ma’lumot uchun, 1997-yilda tavallud topgan Beyli joriy mavsum "Bayer" safida 19 o‘yinda maydonga tushgan. Bu o‘yinlarda u 8 marta gol urib, 5 ta assistentlikni rasmiylashtirgan.
Teglar : Leon Beyli | Bayer | Transferlar
Manba : Mirror
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 906 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 30
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 26

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog