Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Firmino: "Yaqin yillarda o‘zimni "Liverpul"dan boshqa joyda ko‘rmayapman"

18 fev 2018, 13:33
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firmino ushbu klubda yana uzoq yillar qolmoqchi ekanligini ma’lum qildi.

Joriy mavsumda, braziliyalik futbolchi ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. U bu mavsumda barcha musobaqalarda 19 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi va 10 marta sheriklarining gollariga hammualliflik qildi. Firmino Esporte nashriga bergan intervyusida "Liverpul"da o‘zini baxtiyor his etayotganini va Yurgen Klopp jamoani shon-shuhratga yetaklay olishiga ishonishini ta’kidladi.

U shunday deydi: "Men "Liverpul"ni Yevropaning eng buyuk jamoalaridan biri deb bilaman va jamoa tarixining bir qismiga aylanayotganimdan xursandman. Bu klub uchun borimni berishga harakat qilyapman. O‘ylashimcha, buni klub muxlislari, murabbiylari va rahbariyatlari ko‘rib turishibdi.

O‘zimni bu yerda juda ham baxtiyor his etyapman va yaqin yillarda o‘zimni "Liverpul"dan tashqarida ko‘rmayapman. Hozir faoliyatimdagi eng ajoyib pallalardan biri, klub oldida qarzdorman, negaki bu yerga kelgan ilk daqiqamdan beri menga ishonib kelishadi.

Hamma narsa meni qoniqtiradi. Jamoaga, shaharga moslashib oldim. Ishqibozlar meni juda yaxshi qabul qilishadi, bu yanada zavqlanishimga sabab bo‘ladi. Bu qo‘llab-quvvatlashlar, meni "Liverpul" libosida eng katta sovrinlarga erishishim uchun yanada ko‘proq motivatsiya beradi.


Braziliya terma jamoasi safida 17 marta maydonga tushishga ulgurgan "Bobbi" (uni shunday chaqirishadi), "Liverpul" bilan o‘rtadagi shartnomani yanada uzaytirish niyati borligini oshkor qildi.

"Har bir transfer oynasida ko‘plab mish-mishlar tarqaladi, ammo men bilan bog‘liq aniq hech narsa sodir bo‘lmagan. Bu jamoa bilan yangi tarix yaratishni va sovrinlarga erishishni istayman. 2020-yilga qadar shartnoma mavjud va jamoada yanada ko‘proq qolishimga umid qilaman.

Firmino 2015-yilning yozida "Hoffenhaym" klubidan 27 million funt sterling evaziga xarid qilingandi.

Jamoaga yangi kelgan vaqtida u dastlabki bir oy mobaynida o‘zini yaxshi ko‘rsata olmagandi, biroq Yurgen Kloppning kelishi, Roberto uchun chinakam baxtga aylandi. Klopp hujumning oldi frontini to‘liq Firminoga ishonib topshirdi.

Birinchi mavsumda u 11 marta gol kiritgan, ikkinchisida esa - 12 ta. Joriy mavsum yuqorida aytganimizdek hozircha 19 ta gol urdi. U 2013/14-yilgi o‘zi uchun eng sermahsullika boy bo‘lgan yildagi natijani katta ehtimol bilan yangilaydi. O‘shanda u "Hoffenhaym" safida bir mavsum davomida 22 marta gol kiritgandi.

Albatta, nemis mutaxassisining Firmino salohiyatini oshirishga bo‘lgan hissasi beqiyos, shuning uchun futbolchi Kloppga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

"Kloppning kelishi, mening mahoratim yuksalishida ko‘p narsani belgilab berardi. U kelgach, darhol mening pozitsiyamni o‘zgartirdi va hujum chizig‘iga o‘tkazdi. "Hoffenhaym"da esa hujumchi ortida o‘ynardim, shuning uchun yangi chiziqqa moslashib olishim uchun vaqt kerak bo‘ldi.

Bu nuqtada qancha ko‘p o‘ynasam, qancha ko‘p mashg‘ulot qilsam, shuncha ko‘p o‘zimni bu rolda yaxshi his eta boshlayapman. Bu ham jamoa uchun, ham men uchun juda ijobiy holat. Klopp aqlbovarmas qilmas inson. Men uning professional ishlashini yuksak darajada qadrlayman. U mukammal va g‘oliblik hissiga ega bo‘lgan inson. U Dortmunddagi yorqin tarixdan so‘ng "Liverpul"ga keldi va Angliyada ham ajoyib ish olib bormoqda. Germaniyada ekanligimda, Klopp bilan nemis tilida suhbatlashardim. Klopp futbol tarixiga o‘zining ishlari va yutuqlari bilan nomini yozib qo‘yishiga ishonaman. Undan doim minnatdorman", -
deydi Firmino
Teglar : Roberto Firmino | Intervyular |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 769 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 63
» Foydalanuvchilar: 3
» Mexmonlar: 60

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog