Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Sautgempton" - "Liverpul". Prevyu

25 fev 2018, 19:20
*


Jamoalarga oid yangiliklar

* "Sautgempton" tarkibida hujumchilar Manola Gabbiadini va Charli Ostin jarohatlarini davolamoqdalar. Yana bir hujumchi Gvido Karrilloning jarohati yengil va u bugun maydonga tushishi mumkin.

* "Liverpul" tarkibida esa Ragnar Klavan va Alberto Moreno safga qaytishgan, Jo Gomez esa tizzasidagi jarohatidan forig' bo'lmagan.

Murabbiylar fikri:

*


Maurisio Pellegrino:
"Liverpul" - biz uchun juda xavfli raqib va bugungi o'yin biz uchun juda og'ir o'tadi. Muhimi, bugungi o'yinda tartibli o'ynash. Agar o'z o'yinimizni namoyish qila olsak, natijaga erishishimiz mumkin".

Yurgen Klopp: ""Sautgempton" - juda yaxshi shakllangan jamoa. Lekin nega ular turnir jadvalida bu qadar pastki o'rinlarda turganligini tushunmayman. O'yin kurashlarga boy o'tadi. Raqib o'zining bor kuchini namoyish etadi. Ammo bizda individual jihatdan kuchli futbolchilar bor va biz ularning kuchiga ishonamiz".

*


O'yinga oid ma'lumotlar

* Birinchi davradagi o'yinda "Liverpul" 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi va bu g'alaba mersisaydliklarning "avliyolar"ga qarshi bellashuvlarda turli xil musobaqalarda besh o'yindan buyon davom etgan g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi.

* "Sautgempton" "Liverpul"ga qarshi barcha musobaqalarda o'z maydonida kechgan so'nggi uch o'yinning birortasida g'alaba qozonmagan.

* Shuningdek, "Liverpul" Premer-Liga doirasida so'nggi uch baxsdan buyon "avliyolar"ning gol kiritishga yo'l qo'ymay kelmoqda.

* So'nggi bor Sadio Mane 2016-yilning mart oyida "Liverpul" darvozasini ishg'ol qilgan.

"Sautgempton"

* "Sautgempton" 13 o'yindan buyon davom etib kelgan g'alabasiz seriyasiga o'tgan hafta "Vest Bromvich"ga qarshi o'yinda yakun yasadi.

* Jamoa 2017-yilning aprelidan beri ilk marta ketma-ket ikki baxsda g'alaba qozonish imkoniyatiga ega.

* "Avliyolar" Premer-Liga baxslarida o'zlari o'rnatgan shaxsiy antirekord - o'z maydonida yetti o'yindan buyon davom etib kelayotgan g'alabasiz seriyasini yangilashi mumkin.

* Jek Stivens "Sautgempton"dagi dastlabki 38 ta o'yinda umuman gol kiritmagandi. Mana uch baxsdirki u maydonni golsiz tark etmayabdi.

"Liverpul"

* "Liverpul" ketma-ket 17 o'yinda mag'lubiyatga uchramadi. Faqatgina "Suonsi" 24-turda "qizillar"ni to'xtatgandi.

* "Qizillar" "Manchester Siti" ustidan qozongan g'alabadan keyin to'rt o'yin o'tkazdi va faqatgina bitta uchrashuvda g'alaba qozondi.

* "Liverpul" bugunga qadar mehmonda 32 gol kiritdi. O'tgan mavsumdagi statistika 33 tani tashkil etgandi.

* Yurgen Klopp "Sautgempton"ga qarshi 8 marta to'qnash kelgan: 2 g'alaba, 3 durang, 3 mag'lubiyat.

* Muhammad Salah uchrashuv davomida gol kiritmagan yoki gollga assistentlik qilmagan 5 baxsda "Liverpul" g'alaba qozona olmagan.

SAM taxmini: Taxminiy hisobi - 1:1.

Mezbonlar g'alabasi - 25 %. Durang bo'lish ehtimoli - 22 %. Mehmonlar g'alabasi - 53 %.

SAM - bu Selford universiteti professorlari tomonidan yaratilgan super-kompyuter bo'lib, futbol uchrashuvlarining natijasini taxmin qiladi.

Teglar : "Liverpul" | "Sautgempton" | Prevyular
Manba : BBC
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 364 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 54
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 50

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog