Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Sautgempton"ga qarshi baxsda o'zgaradigan va o'zgarishi mumkin bo'lgan statistikalar

16 fev 2018, 20:03
*


"Liverpul" rasmiy APL 26-turidan o'rin olgan "Sautgempton" - "Liverpul" baxsiga oid statistikalarni taqdim etdi.

* Muhammad Salah Angliya chempionatining mehmondagi baxslarida 10 ta gol kiritdi. Undan ko'proq Luis Suares 2012/2013, 2013/2014 yilgi mavsumlarda 12 golga mualliflik qilgan.

* Salah "Liverpul" tarkibida barcha musobaqalarda jami 30 ta gol kiritgan futbolchi bo'lish arafasida. Agar u yana ikki marta to'p kiritsa, bir mavsumda 30 va undan ko'p gol kiritgan "Liverpul"ning 13-futbolchisiga aylanadi.

* Joel Matip "qizillar" libosida Premer-Liga baxslarida o'zining yubiley - 50-uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

* 2014/2015 yilgi mavsumdan buyon ilk marta "qizillar" Premer-Liganing har ikkala baxsida "Sautgempton"ni mag'lub etish imkoniyatiga ega.

* "Qizillar" "Sautgempton" bilan bo'lgan o'yinlarning so'nggi sakkiztasida quyidagicha natija qayd etishgan: 4 g'alaba, 3 durang, 1 mag'lubiyat.

* Deyan Lovren o'zining "Liverpul" safidagi 100-o'yinida maydonga tushishi mumkin. Lovren aynan "Sautgempton" safida 2014-yilning mart oyida Premer-Ligada debyut qilgan.
Teglar : "Liverpul" | "Sautgempton" | Statistika
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 552 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 34
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 30

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog