Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

YeCHL. Stiven Jerrard jamoasini "Manchester Yunayted" kutib turibdi

25 fev 2018, 20:47
Xabaringiz bor, UEFA Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan klublarning U-19 yosh toifasida ham Chempionlar Ligasi musobaqasini o'tkazadi.

Unga ko'ra, ushbu mavsum E guruhidan o'rin olgan Stiven Jerrard boshqaruvidagi "Liverpul" U-19 jamoasi, "Maribor", "Sevilya" va "Spartak" jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olib, 5 g'alaba va 1 mag'lubiyat bilan guruh g'olibligini qo'lga kiritgandi.

Juma kuni bo'lib o'tgan pley-off qur'asida "Liverpul"ning U-19 toifasidagi jamoasi "Manchester Yunayted" bilan 1/8 finalda to'qnash keladigan bo'ldi.

Bir o'yindan iborat bo'ladigan ushbu qarama-qarshilik 20-fevraldan 21-fevralga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.

Ushbu uchrashuv g'olibi, mart oyida bo'lib o'tadigan "Manchester Siti" - "Inter" qarama qarshiligi g'olibi bilan 1/4 finalda to'qnash keladi.
Teglar : YeCHL | "Liverpul" U-19 |
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 724 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 58
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 54

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog