Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Koutinyo: "Barselona"ning ham, "Liverpul"ning ham o‘z o‘yin uslubi bor

26 fev 2018, 21:33
"Barselona"ga ko‘chib o‘tgan Filippe Koutinyo ispan matbuotiga intervyu berdi.

- Oxirgi marta 2011-yil ("Inter" bilan) sovrin qo‘lga kiritgan edingiz va shundan keyin hozirgacha bunga erishmadingiz. Sizda sovrinlar yetarli bo‘lmayapti degan tuyg‘u mujassammi?

- Albatta, bu menga har kuni motivatsiya bag‘ishlaydi, bu meni yanada yaxshiroq ishlashim uchun ilhom bag‘ishlaydi. Ushbu motivatsiya menga har kuni ishlash xohishini va oldinga intilishimni ta’minlaydi. Bu yerda sovrin yutish imkoniyati bor va ko‘proq sovrin yutishni istayman.

- Siz "Liverpul"dan keldingiz. Mutlaqo boshqacha o‘yin uslubi, o‘zgacha liga. Xo‘sh, "Barselona"da o‘ynash osonmi yoki qiyinmi?

Ko‘plab kuchli futbolchilarning yonida o‘ynash yaxshi. Har ikki jamoaning o‘z o‘yin uslubi bor, men esa hozir "Barselona" uslubiga tushishga intilyapman. Har kuni yaxshi o‘ynash uchun mehnat qilyapman.

- Siz Yurgen Klopp bilan birga ishladingiz va ana endi Ernesto Valverde bilan ishlayapsiz. Bu xuddi kecha va kunduzga o‘xshaydi, ular bir-biridan butunlay farq qilshadi?

- Ha, albatta, ular tamomila o‘zgacha. Ikkisining ham o‘z mashg‘ulot o‘tkazish uslubi va tajribasi bor.
Teglar : Filippe Koutinyo | Barselona | Intervyular
Manba : Sport.es
Qo`shdi: I Liverpool
Ko`rildi: 767 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 48
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 43

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog