Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Roberto Firmino: "Portu" qarshiligini yengish qiyin bo'ladi"

19 fev 2018, 10:50
"Portu" - "Liverpul" baxsi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida bosh murabbiy Yurgen Klopp bilan hujumchi Roberto Firmino ham ishtirok etdi.

-Yevropaning kuchli klublari bilan kurash "Liverpul"ni qo'rqitmayabdi? Ya'ni jamoangizning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

-Biz hech qachon kurashdan qo'rqmaymiz. Aksincha, biz faqat aynan mana shunday baxslar kutamiz. Sababi, biz o'z kuchimizga ishonamiz.

-Siz va Muhammad Salahning ushbu mavsumdagi to'purarligingiz siri nimada?

-Barcha jamoa g'alabasi uchun harakat qiladin Kimda imkoniyat tug'ilsa o'sha vaziyatdan foydalanib, jamoa foydasi uchun gol kiritishga urinadi. Menda bunday imkoniyatlar ko'p bo'lmoqda va men ham to'purarligimni namoyish qilayabman. Maqsadim - jamoa bilan yaxshi mavsumni o'tkazish.

-"Portu" jamoasi haqida qanday fikr bildirasiz?

-Ular Chempionlar Ligasida o'z an'analarini davom ettirishmoqda. Biz ham ularga qarshi o'yinda eng yaxshi tomonlarimizni ko'rsatishga urinamiz.

-Faqatgina Krishtianu Ronaldu ushbu mavsum Chempionlar Ligasida sizdan ko'p gol kiritgan. Siz uchun mana shunday futbolchilar bilan bir qatorda turish sharafmi?

-Mening eng asosiy maqsadim maydonda yaxshi harakat qilish. Yaxshi o'ynaganimni esa, gol kiritish orqali ko'rsatishga urinaman. Bor kuchim bilan o'ynadimmi, demak, ushbu buyuk futbolchilar bilan bir qatorda turibman.

-Filippe Koutinyo jamoadan ketganidan so'ng, yetakchilik ma'suliyati sizning zimmangizga tushdi.

-Fikringizga qo'shilaman. Filippe Koutinyo buyuk futbolchi, uning o'rnini to'ldirish esa juda ma'suliyatli vazifa. Ayni damda o'z vazifamni bajarishga harakat qilayabman.

-"Portu" darvozasiga gol kirita olasizmi?

-Bunday jamoalar bilan o'yinda kichik imkoniyatlardan ham foydalanish zarur. O'yinga ham taktik, ham ruhan tayyorlandik. Endi qanday natija bo'lishini o'yin ko'rsatib beradi.
Teglar : Roberto Firmino | "Portu" | Intervyular
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 723 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 51
» Foydalanuvchilar: 5
» Mexmonlar: 46

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog