Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

Yurgen Klopp: "Kuchli raqibni musobaqadan chiqarib tashlashni maqsad qilganmiz"

24 fev 2018, 11:38
"Portu" - "Liverpul" baxsidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Kloppning so'zlariga ko'ra, uning jamoasi yevrokuboklardagi baxslardan yetarlicha tajriba to'plagan va maqsadi keyingi bosqichga chiqish ekanligini yashirmadi. Bu o'yin "qizillar" uchun Yevropa Chempionlar Ligasida oradan to'qqiz yil o'tib dastlabki pley-off o'yini bo'ladi.

-"Liverpul" bundan to'qqiz yil oldin Chempionlar Ligasida pley-off bosqichida o'ynagandi.

-Bu bizning mavsumdagi eng asosiy rejamiz edi. Samolyotda yo'lga chiqdikmi, faqat g'alaba qozonishni o'ylaymiz. O'yinchilarim bundanda qiyin vaziyatlarda iroda ko'rsatishdi. Jamoa "Liverpul"ning o'tmishdagi afsonalari amalga oshirgan ishlarini yana qayta takrorlashga urinadi va ularga o'xshashga intilishadi. Ko'pchilik ishqibozlar bizning chorak finalga chiqqanligimizga ishonishadi, biroq "Portu" - juda kuchli jamoa. Biz bu musobaqada ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz. Eng qiyin yo'ldan boshlagandik - saralash raundidan guruh bosqichiga chiqdik. Eslang, "Liverpul" so'nggi bor Chempionlar Ligasida g'alaba qozonganda qayerdan musobaqadagi ishtirokini boshlagandi...

-Yevroarenadagi o'yinlar jamoangizga foyda keltirayabdimi?

-Yevroarenadagi musobaqalarga bor e'tiborni qaratib, ichki musobaqalarda yaxshi ishtirok etmaslik umuman mumkin emas. Jamoa sifatida barcha o'yinlarga birdek yondoshamiz. Qiyin vaziyatlar, kuchli raqiblar, iroda ko'rsatish bizning jamoa sifatida kuchayishimizni ta'minlaydi. Bugunga qadar eng yaxshi o'yinlarimizni namoyish etdik va bugungi maqsadimiz ham aynan mana shu.

-Raqibingiz "Portu" jamoasi haqida qanday fikr bildirasiz?

-Jamoa juda tajribali. Ular maydonda tajovuzkor, jismonan kuchli sanalishadi. Lekin raqibimiz aynan mana shunday sifatlarga ega jamoa bilan to'qnash kelishmadi. Shu sababdan, ularni ham qiyin o'yin kutmoqda.

-"Borussiya Dortmund"dagi faoliyatingizda Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan edingiz. O'sha tajriba bugun ham sizga qo'l kelayabdimi?

-Dortmundda o'zim uchun tajriba to'pladim, klub strategiyasi yo'lida barchasini boshidan boshlagan edik. Yevropa Ligasi va Chempionlar Ligasida dastlabki urinishlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradik, keyin esa finalga qadar yetib bordik. Garchi jamoam o'shanda g'alaba qozona olmagan bo'lsada, ko'pchilik ishqibozlarning ko'nglidan joy oldik. "Liverpul"da ham xuddi shunga o'xshash voqelik sodir bo'lmoqda. Ha, jamoa ikki bor 7:0 hisobida g'alaba qozondi. Guruh ham unchalik kuchli emasdi. Muhimi, o'zimiz istagan yorqin o'yinni namoyish qildik. Chiroyli o'yin namoyish etib, chiroyli tarzda keyingi bosqichga chiqmoqchimiz.
Teglar : Yurgen Klopp | "Portu" | Intervyular
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 741 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 38
» Foydalanuvchilar: 4
» Mexmonlar: 34

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog