Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Liverpul" zarg'aldoq libosda qanday natijalarni qayd etgan?

15 fev 2018, 14:55
*

Xabaringiz bor, bugun Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Portu" - "Liverpul" baxsi bo'lib o'tdi. Portugaliyaning "Dragau" stadionida bo'lib o'tgan baxsda mersisaydliklar zarg'aldoq libosda o'ynashdi va yirik 0:5 hisobida g'alaba qozonishdi. Aytish joyizki "Liverpul" uchun zarg'aldoq rangli libos anchagina omadli libos ekanligi yana bir bor isbotini topti. Liverpul.Uz sayti sizlarga sevimli jamoamizni zarg'aldoq libosda o'tkazgan uchrashuvlaeini taqdim etadi

Klub ushbu libosdagi ilk o'yinini Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan baxsida o'tkazgandi. Sloveniyada "Maribor"ga qarshi uchrashuvda mersisaydliklar Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi eng yirik natijani qayd etgandi - 7:0.

Keyinchalik ushbu libosda APL doirasida "Vest Hem" mehmoni bo'lgan klub Muhammad Salah, Joel Matip va Aleks Oksleyd-Chemberlenlarning gollari evaziga yirik 4:0 hisobida zafar quchgandi.

"Stok Siti" ham "qizillar"dan "tarsaki" yegandi - 3:0.

Boxing Day arafasida "Liverpul" "Arsenal" mehmoni bo'ldi. Uchrashuvning birinchi bo'limi va ikkinchi bo'limning boshini yaxshi o'tkazgan mehmonlar 3:1 hisobida oldinda borishayotgandi, ammo "kanonirlar" qisqa vaqt ichida hisobni tenglashtirishdi va uchrashuv jangovar durang bilan yakunlandi - 3:3.

So'nggi o'yinni esa esa kuni kecha "Sautgempton"ga qarshi o'tkazgan "Liverpul" mehmonda 2:0 hisobida zafar quchdi.
Teglar : Statistika | |
Manba : Liverpul.uz
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 1158 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 67
» Foydalanuvchilar: 1
» Mexmonlar: 66

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog