Bosh saxifa Kirish A`zo bo`lish
Tavsiya Etamiz!

"Portu"ga qarshi bahsda o'zgaradigan va o'zgarishi mumkin bo'lgan statistikalar

15 fev 2018, 19:47
*

Liverpul rasmiy sayti bugungi bahsda o'zgaradigan va o'zgarishi mumkin bo'lgan statistikalarni taqdim etdi.

* Hujumchi Muhammad Salah agar bitta to'p kiritadigan bo'lsa, mavsum davomida gol "Liverpul" safida o'ttizta gol kiritgan 30-futbolchiga aylanadi.

* "Qizillar" Portugaliyada sovrin sohibiga aylangan. 1978 va 1984 yilgi mavsumlarda Yevropa Chempionlar Kubogining final uchrashuvi "Benfika"ga qarshi o'tgan va har ikkalasida inglizlar g'alaba qozonishgan.

* Yurgen Klopp shogirdlari E guruhining g'olibi sifatida maydonga tushishadi. Jamoa ingliz klublari orasida rekord - 23 gol kiritishning uddasidan chiqishgan. Faqatgina "PSJ" mersisaydliklardan ko'p gol urishgan - 25 ta.

* Saralash baxslarini qo'shib hisoblaganda, "Liverpul" Chempionlar Ligasining o'n o'yinidan buyon mag'lubiyatga uchramayabdi - 5 g'alaba, 5 durang.

* "Liverpul" Yurgen Klopp qo'l ostida yevroarenalarda 21 o'yindan atigi 2 tasida mag'lub bo'lgan. Klub raqiblar darvozasini umumiy hisobda 46 bor ishg'ol etgan.

* Ingliz jamoasi barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda so'nggi 12 o'yinning 11 tasida kamida 2 bor gol kiritishgan.

* "Portu" pley-off raundiga G guruhida ikkinchi o'rinni olib yo'l olishgan. Jamoa 10 ochko to'plab, 15 bor gol kiritib, 10 bor o'z darvozalaridan to'p olib chiqishgan.

* "Portu" mamlakat birinchiligida 30 o'yindan buyon mag'lug'iyatga uchramayabdi. Jamoaning ushbu mavsumdagi 36 o'yindagi 2 mag'lubiyati Yevropa Chempionlari baxslariga to'g'ri kelmoqda.

* "Ajdarlar" 15 o'yindan buyon o'z maydonlarida mag'lub bo'lishmayabdi.
Teglar : Statistika | Faktlar | Chempionlar Ligasi
Manba : Liverpul rasmiy sayti
Qo`shdi: Liverpool_my_life
Ko`rildi: 801 Marta

Ma'lumot:

» Hozir saytda: 30
» Foydalanuvchilar: 0
» Mexmonlar: 30

Bugun kirgan barcha foydalanuvchilar
Statok.netwaplog